|
Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya
|
bet | 50/100 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 7,78 Mb. | | #156402 |
Bog'liq portal.guldu.uz-“ORGANIK KIMYО ”Nazorat savollari:
1. Organik moddalar tarkibidagi galogenni qanday aniqlash mumkin.
2. C4H9J, C4H8Ñl2, C2H4BrCl, C3H4Br2, C3H5Br3, C2H2Ñl4, galogeli birikmalarning izo-merlari tuzilish formulalarini yozing.
3. 2,3-dixlorbutandan 2,2-dixlorbutan sintez qilish reaksiya tenglamasini yozing.
4. Atsetilendan vinil xlorid, trixloretilen, tetraxloretan sintez qilish reaksiya tenglamalarini yozing.
5. C5H11OH spirtning izomerlarini yozing va RBr3 bilan amil bromidlar sintez qiling.
6. Optik faol butil spirtidan qanday reagent ta'sir ettirib, optik faol butil xlorid olish mumkin.
7. Izobutilenga HBr ning benzoil peroksidi ishtirokidagi reaksiyadan qanday bu-til bromid hosil bo`ladi. Reaksiya borishini izohlang.
8. Quyidagi СН3СН2ССl(СН3)2, СН3(СН2)4Cl, СН3(СН2)4I, (СН3)3CСН2Cl galoidbirik-malarni almashinish reaksiyasidagi reaksiyaga kirish qobiliyatining ortib borishi qatorini tuzing va izohlang.
9. Etil xlorid, vinil xlorid, allil xloridlarning qaysi birining S-Nal boqi gidroliz reaksiyasiga yomon kirishadi. Javobingizni izohlang.
10. C5H11Br tarkibli modda gidroliz qilinsa uchlamchi spirt hosil bo`ladi, agar uni degidrobromlash reaksiyasiga uchratilsa trimetiletilen chiqadi. C5H11Br ning tuzi-lish formulasini yozing.
11. 1,2-Dibrometan va 1,1-dibrometanlar izomer moddalar bo`lib, ularni qanday reak-siyalar yordamida farqlash mumkin.
12. C3H5Br modda KCN va AgOH bilan reaksiyaga kirishmaydi, Ammo vodorod bromid bilan ta'sirlashishidan 2,2-dibrompropan hosil bo`ladi. C3H5Br ning tuzilish formulasini yozing.
13. Neopentilbromidni iod bilan reaksiyasidan yaxshi unum bilan neopentiliodid hosil bo`ladi. Bu reaksiyaning mexanizmini taklif eting va izohlang.
|
| |