Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya




Download 7,78 Mb.
bet46/100
Sana14.02.2024
Hajmi7,78 Mb.
#156402
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   100
Bog'liq
portal.guldu.uz-“ORGANIK KIMYО ”

Nazorat savollari:
1 Naftalinning tuzilishi qanday.
2.Naftalinning qanday olinish usullarini bilasiz.
3.Ko`p halqali birikmalarning fizikaviy va ximiyaviy xossalari qanday.
4. Ko`p halqali birikmalarning ishlatilishi.


13 ma`ruza. Alkanlarning galogenli hosilalari
Reja
1. Galogenalkanlarning nomenklaturasi va izomeriyasi.
2. Galogenalkanlarning olinishi.
3. Galogenalkanlarning fizikaviy va ximiyaviy xossalari.
4. Poligalogenalknlarning xossalari va ishlatilishi.

To`yingan uglevodorodlardagi bir yoki bir necha vodorod atomlarining galoid atomlariga almashinishidan hosil bo`ladigan organik birikmalarga to`yingan uglevodorodlarning galogenli hosilalari deyiladi.


Alkanlarning galogenli hosilalari molekulasidagi galogen atomlarining soniga qarab bir-, ikki- va ko`p galogenli hosilalarga bo`linadi.
G a l o g e n a l k i l l a r tarkibini Cn H2n+1X yoki R—X
(bunda X=F, Cl, Br, J) umumiy formula bilan ifodalash mumkin. Galoidalkillar uglevodorodlar singari ximiyaviy xossalari bir-biriga o`xshash, tarkibi o`zaro bir yoki bir necha metilen gruppasiga farq qiladigan moddalarning gomologik qatorini tashkil qiladi.
Nomenklaturasi va izomeriyasi. Tarixiy nomenklaturaga ko`ra galoidalkillarning nomi tegishli bir valentli uglevodorod radikallarining nomiga galoid nomini qo`shish bilan hosil qilinadi.
Sistematik nomenklaturaga asosan monogaloidli hosilalarni nomlash uchun oldin galogen atomi boђlangan uglerod atomining zanjirdagi nomeri, so`ngra esa galogen va uglevodorodning nomi aytiladi:

Metan va etandan boshqa galoidalkidlarda uglerod skeletining izomeriyasi va galogen holatining izomeriyasi uchraydi.


Propanning izomeri bo`lmagani holda xlorpropanning 2 ta izomeri, butanning 2 ta izomeri bo`lgani holda xlorbutanning 4 ta izomeri ma`lum. Uglerod zanjirining uzayishi va tarmoqlanishi bilan galoidli hosilalarning izomerlar soni uglevodorodlarning izomerlari soniga nisbatan juda tez ortib boradi. Buni butil xlorid (C4H9Cl) misolida ko`rib chiqamiz:

Galogen atomining birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi uglerod atomi bilan bog`langanligiga qarab galogenli hosilalar ham birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi bo`ladi.

Download 7,78 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   100




Download 7,78 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya

Download 7,78 Mb.