|
Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya
|
bet | 44/100 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 7,78 Mb. | | #156402 |
Bog'liq portal.guldu.uz-“ORGANIK KIMYО ”Fizikaviy xossalari.
Aromatik uglevodorodlar oddiy sharoitda suyuq, ba`zilari qattiq moddalar. Ular suvdan engil, suvda erimaydi. Gomologik qatorida molekulyar massasi ortishi bilan qaynash temperaturasi ham ortadi.
Ximiyaviy xossalari.
Aromatik uglevodorodlar birikish va asosan almashinish reakciyalariga ko`proq moyildir .
Birikish reakciyasi
a)
b) quyosh yorug`ligida xlorni biriktirib, geksagalogenid hosil qiladi .
O`rin olish reaksiyalari
Benzol katalizatorlar ishtirokida galogenlar. Nitrat va sulfat kislotalar bilan o`rin olish reakciyasiga kirishadi.
v) Suvsiz AlCl3 ishtirokida metilxlorid ta`sir ettirilganda toluol hosil bo`ladi.
Oksidlanish reaksiyalari
Kaliy permanganat, nitrat kislota, xrom oksidlari kabilar benzolga odatdagi sharoitda ta`sir qilmaydi.
V2O5 ishtirokida havo kislorodi bilan oksidlanganda malein kislota hosil bo`ladi.
Nazorat savollari:
1. Aromatik uglevodorodlar deb, qanday birikmalarga aytiladi. Benzol va uning go-mologlariga qisqacha kimyoviy tavsif bering.
2. Benzol va uning gomologlarini olish usullarini yozing.
3. Benzol va uning gomologlarini kimyoviy xosslarini yozing.
4. O`rinbosarlar turlarini yozib, ularning yo`naltirish sabablarini tushuntiring.
5. Mezomer va induksion ta'sirning sabablari nima.
6. Aromatik elektrofil almashinish alifatik nukleofil (SN1) almashinishidan qanday farq qiladi.
7. Nitrat kislota eritmasida nitroniy kationi hosil bo`lish mexanizmini taklif eting.
8. Benzolni alyuminiy bromid ishtirokida xlorlanishida nima uchun brombenzol ho-sil bo`lmaydi.
9. Benzoldan Fridel'-Krafts reaksiyasi bo`yicha ikkilamchi-butilbenzol olish reak-siyasini yozing, mexanizmini tushuntiring.
10. Benzolsul'fokislota olish reaksiyasi nima uchun qaytar.
12-ma`ruza. Ko’p xalqali uglevodorodlar. Naftalin
Reja:
Naftalinning tabiatda uchrashi
Naftalinning olinishi
Naftalinning fizik- kimyoviy xossasi
Ishlatilishi
|
| |