|
Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya
|
bet | 40/100 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 7,78 Mb. | | #156402 |
Bog'liq portal.guldu.uz-“ORGANIK KIMYО ”Fizikaviy xossalari. Ciklopropanva ciklobutan odatdagi temperaturada gazlar, ciklopentan va ciklogeksan–suyuqliklar, yuqori vakillari esa qattiq moddalardir. Suyuq cikloalkanlar suvda erimaydi. Ko`p qutbsiz erituvchilarda yahshi eriydi.
Cikloalkanlarning qaynash va suyuqlanish temperaturasi, shuningdek, zichligi tegishli alkanlarnikidan yuqori bo`ladi.
Ximiyaviy xossalari. Cikloalkanlar ciklining barqarorligi bilan bir-biridan keskin farq qiladi. Uch a`zoli cikllar eng beqaror, besh va olti a`zoli cikllar eng barqarordir.
Ciklobutan, ayniqsa, ciklopropan birikish reakciyalariga kirishishga moyilligi bilan to`yinmagan alifatik uglevodorodlarga o`xshaydi. Qolgan cikloalkanlar esa ximiyaviy xossalari jihatidan parafin uglevodorodlarga o`xshash bo`lib, o`rin olish reakciyalariga kirishadi.
Cikloalkanlarning reakciyaga kirishish xususiyatini misollarda ko`rib chiqamiz
1. Katalitik gidrogenlanganda uch, to`rt va besh a`zoli cikloalkanlarning halqalari uzilib, tegishli parafin uglevodorodlar hosil bo`ladi. Ciklopropan juda oson (800C da), ciklobutan qiyinroq (180-2000C da), ciklopentan eng qiyin (3000C da) gidrogenlanadi:
Ciklogeksan yuqori temperaturada katalizator ishtirokida gidrogenlanganda uning halqasi uzilmaydi, balki u degidrogenlanib benzolga aylanadi:
Gidrogenlanish reakciyalari ciklopropan halqasi eng beqaror, ciklogeksan esa eng barqarorligini yaqqol ko`rsatadi.
2. Cikloalkanlarning galogen biriktirish reakciyalari ciklning katta-kichikligiga qarab har xil yo`nalishda boradi. Ciklopropan va uning hosilalari galogenlanganda cikllari uzilib osonlik bilan galogenni biriktirib oladi:
Ciklobutan ciklopropanga karaganda birmuncha barkaror bulgani uchun bromni fakat yukori temperaturadagina biriktiradi:
Ciklopentan, ciklogeksan va yuqori cikloalkanlarga galogenlar ta`sir ettirilaganda ularning halqasi uzilmasdan, balki vodorod atomi galogenga almashinadi:
Bromsiklogeksan
|
| |