|
Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya
| bet | 43/100 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 7,78 Mb. | | #156402 |
Bog'liq portal.guldu.uz-“ORGANIK KIMYО ”Testlar:
Benzol molekulasini hosil qilishda uglerod atomining nechta qaysi turdagi orbitallari ishtirok etadiq
A) 6 ta 2s1 – va 6 ta 2p3 orbitali
B) 6 ta sp2 – va 6 ta 2p1 orbitallar
C) to’rtta sp3 - orbitallar
D) 12 ta sp2 – 6 ta 2p1
E) 18ta sp2 - va 6 ta 2p1- orbitallari
180 g toza propil spirti bilan natriy metallining qanday massasi reaksiyaga kirishadiq
A) 23 g
B) 98 g
C) 115 g
D) 46 g
E) 69 g
Agar reaksiyaning unumi 70% bo’lsa, 39,0 g benzoldan necha mol nitrobenzol olish mumkinq
A) 0,5
B) 0,1
C) 0,25
D) 0,35
E) 0,15
Nazorat savollari:
-
Qanday uglevodorodlar aromatik uglevodorodlar deb aytiladiq
-
Aromatik uglevodorodlaming gomologik qatori deganda nimani tushunasizq
-
Aromatik uglevodorodlaming nomenklaturasi va izomeriyasi haqida so'zlab bering.
-
CgH10 tarkibli aromatik uglevodorod hamma izomerlarining struktura formulasini yozing va nomlang.
-
Arenlaming olinishini yozing.
-
Arenlarning o'rin olish reaksiyalarini yozing.
-
Arenlarning birikish reaksiyalarini yozing.
-
Arenlarning oksidlanish va yonish reaksiyalarini yozing.
-
Benzol halqasida almashiiiish qoidasi: I va II tur o'rinbosarlar va ularning bir-biridan farqini aytib bering.
-
Quyidagi o'zgarishlar reaksiya tenglamalarini yozing:
11-Ma`ruza. Aromatik uglevodorodlarning olinishi, xossalari.
Reja:
1. Aromatik uglevodorodlarning olinish usullari.
2. Kimyoviy va fizikaviy xossalari.
Tayanch iboralar: benzol, toluol, fenol, ksilol, Fridel-Krafts reaksiyasi.
Benzol va uning gomologlari ximiya sanoatining muhim xom ashyosidir, ularning asosiy qismi tabiiy manbalar-toshko`mir va neftdan olinadi, Toshko`mir smolasidan sanoatda toluol, fenol, naftalin va boshqa moddalar olinadi.
Biroq turli xil murakkab aromatik birikmalar sintetik usullar bilan olinadi. Sintetik usullarni 2ta asosiy gruppaga ajratish mumkin.
-
Aromatik uglevodorodlarga alkil gruppa kiritish
Bu usullardan Fridel-Krafts reakciyasi keng qo`llanilib, bunda aromatik yadroga to`g`ridan-to`g`ri alkil gruppa kiritish mumkin.
AlCl3
С6Н6+СН3Сl---------C6H5CH3+HCl
Bu reakciya benzolga AlCl3 ishtirokida metilxlorid ta`sir ettirish yo`li bilan amalga oshiriladi.
Poligaloidalkillar ham Fridelь-Krafts reakciyasiga kirishadi.
AlCl3
3С6Н6+СНСl3--------- (C6H5 )3CH+3HCl
trifenil metan
Ushbu reakciya katalizatorlar ishtirokidagina boradi. Katalizator sifatida AlCl3dan tashqari FeCl3, BF3, AlBr3 lardan ham foydalanish mumkin.
Fridelь-Krafts reakciyasining kamchiligi shundaki, reakciyada ishtirok etayotgan galoidalkil ko`pincha izomerlanadi. Ko`rsatilgan kamchiligiga qaramay, Fridelь-Krafts reakciyasi organik sintezda keng qo`llaniladi.
II. Yon zanjirdagi o`zgartishlar tufayli alkil gruppa hosil qilish.
1) Benzol gomologlari aromatik aldegid va ketonlarni qaytarish yo`li bilan ham olinadi.
2) Vyurc-Fittig reakciyasi:
с6н5Br +2Na +br- с6н5→ с6н5- с6н5 +NaBr
3) Fenollarning Zn kukuni bilan qizdirib. Benzol va uning gomologlarini olish mumkin.
с6н5он + Zn → с6н6+ ZnО
4. Aromatik karbon kislotalar o`yuvchi ishqorlar yordamida qizdirilib, dekarboksillanganda ham aromatik uglevodorodlar hosil bo`ladi.
|
| |