• 10-ma`ruza. Aromatik uglevodorodlar. Gomologik qatori. Benzol halqasining tuzilishi. Aromatiklik haqida tushuncha. Hyukkelь qoidasi. Izomeriyasi.
  • Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya




    Download 7,78 Mb.
    bet41/100
    Sana14.02.2024
    Hajmi7,78 Mb.
    #156402
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   100
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-“ORGANIK KIMYО ”

    Nazorat savollari:
    1. Alitsiklik uglevodorodlarning umumiy formulasi qanday va u o`zgarishi mumkin-mi.
    2. Alitsiklik uglevodorodlar tuzilishidagi Bayer nazariyasining mohiyati nimadan iborat.
    3. Alitsiklik uglevodorodlarni olishning umumiy usullari qanday. Misollar keltiring.
    4. Siklopropan va siklopentanning bir-biridan farq qiluvchi reaksiyalariga misollar keltiring.
    5. Siklobutan va siklopentanning turli konformatsiyalarini yozing.
    6. 1,2,3-trimetilsiklopropanni olish reaksiya tenglamalarini yozing.
    7. Siklogeksanni Konovalov usuli bo`yicha nitrolash reaksiya tenglamasi va mexaniz-mini yozing.
    10-ma`ruza. Aromatik uglevodorodlar. Gomologik qatori. Benzol halqasining tuzilishi. Aromatiklik haqida tushuncha. Hyukkelь qoidasi. Izomeriyasi.
    Reja:
    1. Aromatik uglevodorodlar
    2. Benzol va uning gomologlari
    3. Benzolning tuzilishi va izomeriyasi
    4. E. Hyukkelning aromatiklik qoidasi
    Tayanch tushunchalar: aromatik uglevodorodlar, benzol, toluol, ksilol, stirol, E.Hyukkelning qoidasi.
    Dastlab tabiiy mahsulotlardan (smola va balzamlardan) olingan xushbo`y hidli moddalar aromatik birikmalar deb yuritilgan. Hozirgi vaqtda esa aromatik birikmalar deb benzol va ma`lum darajada benzol harakteriga ega bo`lgan karbociklik birikmalarga aytiladi. Benzol aromatik birikmalarning tipik vakili bo`lib, uni 1825yilda Faradey koks gazidan ajratib olgan. Benzol o`ziga xos hidli, harakatchan suyuqlik. Empirik formulasi C6H6. Benzol molekulasi 6 atom uglerod va 6 atom vodoroddan iborat. Benzoldagi 6 ta uglerod atomi ham undagi vodorod atomlari kabi teng qiymatlidir. Bu esa uning faqat yopiq zanjirli tuzilishiga ega ekanligini ko`rsatadi. Benzoldagi qaysi vodorod atomi o`rinbosarga almashtirilishidan qat`i nazar bir xil monoalmashingan izomer hosil bo`ladi.
    Avgust Kekule (1865 y.) benzol uchun quyidagi tuzilish formulasini taklif qildi:

    Agar Kekulening ushbu formulasi tug`ri bo`ladigan bo`lsa, uning dialmashingan hosilalarini izomerlari to`rtta bo`lishi kerak:

    0 – Izomer II M – Izomer III p – Izomer
    H–lar qo`shni uglerod atomlarida joylashgan bo`lsa 0-izomer, bitta uglerod atomidan keyin joylashsa m-izomer, ikkita uglerod atomidan keyin joylashsa n-izomer deb yuritiladi.
    Molekulasi tarkibida benzol yoki uning gomologlarini saqlay-digan karbosiklik birikmalarga aromatik uglevodorodlar deb aytiladi. Ularning birinchi vakili benzol bo'lib, uni 1825-yilda ingliz kimyogari va fizigi M. Faradey koks gazidan ajratib olgan. Empirik formulasi C6H6. Benzol +80,l°C da qaynaydigan o'ziga xos hidga ega bo'lgan harakatchan rangsiz suyuqlik. Bu qator uglevodorodlar umumiy formulaga ega. Umumiy formuladan foydalanib, aromatik uglevodorodlar gomologik qatorini hosil qilish mumkin.


    Download 7,78 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   100




    Download 7,78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya

    Download 7,78 Mb.