• TEKSHIRDI
  • II BOB. ALKEN VA ALKIN UGLEVODORODLARIGA OID MASALALAR YECHISH METODIKASI
  • Ilmiy metodologik kimyo




    Download 162,56 Kb.
    bet1/8
    Sana10.02.2024
    Hajmi162,56 Kb.
    #154074
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Alkinlar — mole-WPS Office (1)



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
    ILMIY METODOLOGIK KIMYO” KAFEDRASI
    MASALALAR YECHISH METODIKASI ” FANIDAN
    KURS ISHI
    MAVZU: ALKEN VA ALKIN UGLEVODORODLARIGA OID MASALALAR YECHISH METODIKASI
    BAJARDI: Abdunabiyeva Kamola


    TEKSHIRDI: Hushvaqtov Suyun

    MAVZU: ALKEN VA ALKIN UGLEVODORODLARIGA OID MASALALAR YECHISH METODIKASI

    REJA:
    KIRISH
    I BOB. ALKEN VA ALKIN UGLEVODORODLARINING IZOMERIYASI , XOSSALARI VA ISHLATILISHI.
    1.1. Alken uglevodorodlarining izomeriyasi ,xossalari va ishlatilishi.
    1.2. Alkin uglevodorodlarining izomeriyasi, xossalari va ishlatilishi.
    II BOB. ALKEN VA ALKIN UGLEVODORODLARIGA OID MASALALAR YECHISH METODIKASI
    2.1. Alken uglevodorodlariga oid masalalar yechish metodikasi.
    2.2. Alkin uglevodorodlariga oid masalalar yechish metodikasi.
    XULOSA
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI


    KIRISH
    Mavzuning dolzarbligi. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» asosida amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlarning birinchi va ikkinchi bosqichlarining vazifalari muvaffaqiyatli hal qilinib,uchinchi bosqichdagi o‘zgarishlar davom etmoqda.Bu bosqichda o‘quv-tarbiya ishlarini butunlay yangi asosda tashkil qilish,yuqori sifat ko‘rsatgichga erishish talab qilinadi[1].
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo fani 7-sinfdan boshlab o‘qitiladi.O‘quvchilarda kimyo faniga bo‘lgan qiziqishlrini shakllantirish va bilim berish davomida uni rivojlantirib borish darslarni uslubiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etishni taqoza qiladi.
    Ma’lumki,maktab kimyo kursida «Alken va alkin uglevodorodlari » mavzulari alohida o‘rin tutadi. Kimyoni keyingi bosqichlarda chuqur o‘rganish albatta,o‘quvchilarning alken, alkin mavzularini qanday o‘zlashtirganliklariga bo‘g‘liq bo‘ladi.
    Shu sababdan ham « Alken va alkin uglevodorodlari » mavzularini o‘qitishda turli xil interfaol metodlardan, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanishni taqoza etadi.
    Kurs ishining maqsadi. « Alken va alkin uglevodorodlari » mavzulariga oid masalalar yechish samaradorligini noan’anaviy va interfaol metodlarni qo‘llash orqali oshirish.
    Tadqiqot vazifalari.
    - « Alken va alkin uglevodorodlari » mavzularining o‘rnini aniqlash;
    - « Alken va alkin uglevodorodlari » mavzulariga oid masalalar yechish metodikasini o‘rganishda turli xil o‘qitish metodlarining mohiyatini aniqlash;
    - « Alken va alkin uglevodorodlari » mavzulariga oid masalalar yechish metodikasini o‘rganish bo‘yicha noan’anaviy va interfaol darslarning senariylarini ishlab chiqish;
    Himoyaga quyidagilar olib chiqiladi:
    -«Alken va alkin uglevodorodlariga oid masalalar yechish metodikasi » mavzulari bo‘yicha noan’anaviy darslar;
    -« Alken va alkin uglevodorodlariga oid masalalar yechish metodikasi » mavzulari bo‘yicha interfaol darslar;
    Ishning ilmiy yangiligi: « Alken va alkin uglevodorodlariga oid masalalar yechish metodikasi» mavzularini o‘qitishning o‘ziga xos tomonlari,mavjud muammolar o‘rganilib,ularni uslubiy jihatdan to‘g‘ri hal etishda noan’anaviy va interfaol darslarning senariylari ishlab chiqildi.
    Ishning amaliy ahamiyati: Ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar o‘quvchilarning
    « Alken va alkin uglevodorodlariga oid masalalar yechish metodikasi »mavzularini chuqur o‘zlashtirishlariga yordam beradi va ularning kimyo fanidan bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.Kurs ish materiallaridan maktab kimyo o‘qituvchilari o‘z faoliyatlarida foydalanishlari mumkin.
    Kurs ish kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidav tashkil topgan. Kurs ishni yozishda 30 ta ilmiy va uslubiy adabiyotlardan foydalanilgan.

    Download 162,56 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 162,56 Kb.