• Kimyoviy xossalari
  • Ilmiy metodologik kimyo




    Download 162,56 Kb.
    bet4/8
    Sana10.02.2024
    Hajmi162,56 Kb.
    #154074
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Alkinlar — mole-WPS Office (1)

    Fizik xossalari:
    Alkenlarning dastlabki uch vakili – etilen, propilen va butilen gaz; C5 dan C17 gacha suyuq; C18 dan boshlab esa qattiq holatda bo’ladi. Ularning solishtirma og’irligi, qaynash temperaturasi tegishli to’yingan uglevodorodlarning ayni parametrlaridan yuqori bo’ladi. Tarmoqlanmagan zanjirli alkenlar tarmoqlanganiga nisbatan yuqori haroratda qaynaydi. Fazoviy izomerlardan sis- izomerlar trans- izomerlarga qaraganda yuqori haroratda qaynaydi. Ba’zi og’ir metallar tuzlarining eritmalari bilan kompleks birikmalar hosil qiladi.

    Kimyoviy xossalari:
    Alkenlar molekulasida qo’shbog’ borligi uchun ular to’yingan uglevodorodlarga nisbatan kimyoviy reaksiyaga oson kirishadi. Ma’lumki, qo’shbog’ bilan birikkan uglerod atomlari σ-bog’ hamda π-bog’ orqali birikkan. Sigma (σ) bog’ pi (π) bog’ga nisbatan mustaxkam. Shuning uchun, π-bog’ oson uziladi va tezlikda boshqa atom yoki atom guruhini biriktiradi.
    1. Birikish reaksiyasi:
    Alkenlar vodorod, galogen, vodorodgalogenid, suv kabi moddalarni biriktiradi. Vodorodni biriktirish (gidrogenlanish) natijasida alkanlar olinadi:

    Olefinlar galogenlarni ham oson biriktiradi. Reaksiyaning tezligi galogenning turiga va olifinning tuzilishiga bog’liq:



    Ftor olefinlar bilan juda tez, ba’zan alangalanib birikadi. Yod boshqa galogenlarga nisbatan ohistalik bilan birikadi. Galogenlarning olefinlarga birikish aktivligini quyidagicha ifodalash mumkin: F ← Cl ← Br ← I
    Qo’shbog’ bilan bog’langan uglerod atomlarida o’rinbosarlar soni ortib borgan sari ularga galogenlarning birikishi osonlasha boradi. Olefinlar galogenid kislotalarni ham biriktiradi, bunda monogaloidalkanlar hosil bo’ladi.

    Olefinlarga yodid kislota oson, xlorid kislota esa qiyinroq birikadi. Olefinlarga ftorid kislota biriktirilganda hosil bo’ladigan modda darhol polimerlanib qoladi.Simmetrik bo’lmagan olefinlarga galogenvodorodning birikishi V.V.Morkovnikov qoidasiga bo’ysunadi. Bunga ko’ra: vodorod galogenid to’yinmagan birikmalar bilan reaksiyaga kirishganda vodorod eng ko’p gedrgenlangan uglerod aomiga, galogen esa kam gidrogenlangan uglerod atomiga birikadi. Masalan, propilenga yodid kislota ta’sir ettirilganda kislotadagi vodorod propilenning chetki uglerod atomiga, yod esa markazdagi atomiga birikadi.

    Olefinlar katalizator ishtirokida suvni biriktirib spirt hosil qiladi. Suvning birikishi Markovnikov qoidasiga bo’ysunadi:

    2. Oksidlanish reaksiyalari:
    Alkenlar alkanlarga nisbatan oson oksidlanadi. Ular turli xil oksidlovchilar, hatto havo kislorodi ishtirokida ham oksidlanadi. Alkenlarning oksidlanishi asosan, qo’shbog’ hisobiga boradi.Olefinlarga kaliy permanganatning suvdagi yoki ishqordagi eritmasi, hatto sovuqda ta’sir ettirilganda ham ularning qo’shbog’i uziladi va ozod bo’lgan ikkita valentlikka ikkita gidroksil guruh birikishi natijasida ikki atomli spirtlar (diollar) hosil bo’ladi.

    Bu reaksiya Vagner reaksiyasi deyiladi.
    Alkenlar qattiq sharoitda oksidlanganda, ya’ni ularga kuchli oksidlovchilar (K2Cr2O7 , nitrat kislota, CrO3) ta’sir ettirilganda, ularning qo’shbog’i darhol uziladi va (agar qo’shbog’ uchlamchi uglerod atomi bilan bog’langan bo’lsa keton) hamda karbon kislotalar hosil bo’ladi. Masalan,


    Alkenlar kumush katalizatorligida havo kislorodi ta’sirida oksidlanib, epoksidlar hosil qiladi.

    3. Polimerlanish reaksiyalari:
    Alkenlarning molekulalari o’zaro birikib, yuqori molekular modda – polimer hosil qilishi mumkin.

    4. Almashinish reaksiyalari:
    Alkenlar birikish reaksiyasi bilan birga almashinish reaksiyasiga ham kirishadi. Bu reaksiyalar nisbatan yuqori haroratda boradi. Bunda qo’shbog’ga nisbatan -holatdagi uglerod atomi vodorodining xlorga almashinish reaksiyasi boradi. Bu jarayondan sanoatda glitserin olishda foydalaniladi.



    Download 162,56 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 162,56 Kb.