• Olinish usullari
  • Olefinlar fizik xossasiga koʻra




    Download 162,56 Kb.
    bet3/8
    Sana10.02.2024
    Hajmi162,56 Kb.
    #154074
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Alkinlar — mole-WPS Office (1)

    Olefinlar fizik xossasiga koʻra, toʻyingan uglevodorodlardan kam farq qiladi. Ularning qaynash temperaturasi alkanlarga qaraganda ancha past, zichligi esa bir-muncha yuqori. Quyi olefinlar (C2H4 dan C4H8 gacha) gaz, keyingilari C18H36 gacha suyuqlik, undan yuqorisi qattiq moddalardir. Barcha olefinlar rangsiz, suvda deyarli erimaydi, spirtda oz eriydi, uglevodorod va efirlarda yaxshi eriydi. Olefinlarning qoʻshbogʻiga vodorod, galogenlar, vodorod-galogenidlar, suv osonlikcha birikadi (bunda moysimon suyuqlik hosil boʻladi; Olefinlarning nomi ham shundan olingan). Olefinlar oson izomerlanib, polimerlanib va sopolimerlanib qimmatbaho mahsulotlar hosil qiladi ( Poliolefinlar, Polietilen, Polipropilen, Poliizobutilen). Yuqori alkillanish qobiliyati olefinlarning muhim xossasi hisoblanadi (Izooktan). Olefinlar sanoatda, asosan, neftni qayta ishlash mahsulotlari va tabiiy gazlardan olinadi. Olefinlarning kimyoviy reaksiyalarga kirishish xususiyati yuqoriligi, arzonligi tufayli ulardan neft-kimyoviy sintezda plastmassalar, sintetik kauchuklar, kimyoviy tolalar va boshqa muhim sanoat mahsulotlari olishda foydalaniladi.[1]
    Alkenlar sistematik nomenklaturaga muvofiq to’yingan uglevodorodlar singari ataladi, bunda alkanlardagi “an” qo’shimchasi o’rniga “en” ishlatiladi va qo’shbog’ o’rni ko’rsatiladi. Zanjirdagi qo’shbog’ o’rnini ko’rsatish uchun uglerod atomlari raqamlanadi. Raqamlash zanjirning qo’shbog’ yaqin turgan uchidan boshlanadi:
    Quyida ba`zi olefinlarning Jeneva hamda rasional nomenklaturasiga muvofiq atalishi:
    CH2 =CH2 eten,etilen
    CH2 =CH-CH2 propen,metiletilen,propilen
    CH2 =CH–CH2 – 1-buten,etiletilen, butilen
    CH2–CH=CH–CH3 2- buten, simmetrik dimetiletilen
    Olinish usullari:
    1. Alkanlarni krekinglash usuli: alkanlarni yuqori haroratda termik krekinglash natijasida, kreking uchun olingan alkan tarkibidagi uglerodlar sonidan kam bo’lgan alkan va alken olinadi.
    C6H14 → C3H8­ + C3H6
    2. To’yingan spirtlarni degidratlash usuli: Masalan, etil spirtini alyuminiy oksid katalizatorligida va sulfat kislota ishtirokida 160-180°C haroratda degidratlab etilen (eten) olinadi.
    C2H5OH → C2H4 + H2O
    Spirtlardan suvning ajralishi spirtlarning tabiatiga bog’liq bo’lib, uchlamchi spirtlar eng oson degidratlanadi. Spirtlardan suvning ajralishi, ko’pincha Zaytsev qoidasiga bo’ysunadi. Ya’ni degidratlanish va degidrogalogenlanish jarayonida vodorod atomi gidroksid yoki galogen bog’langan uglerodning kam gidrogenlangan (ya’ni vodorod atomi kam bo’lgan) qo’shnisidan ajraladi:

    3. Digaloid alkanlarni degalogenlash: digaloid alkanlarni Zn yoki Mg bilan qaytarib olinadi.

    4. Alkinlarni gidrogenlash: gidrogenlash to’liq amalga oshirilmaydi.

    5. Sirka kislota efirlarining pirolizi:
    CnH2n+1 – OOC – CH3 → CnH2n + CH3COOH

    Download 162,56 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 162,56 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Olefinlar fizik xossasiga koʻra

    Download 162,56 Kb.