|
Ilmiy metodologik kimyo
|
bet | 6/8 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 162,56 Kb. | | #154074 |
Bog'liq Alkinlar — mole-WPS Office (1)Fizik xossalari
Alkinlarning birinchi vakili atsetilen, rangsiz, hidsiz gaz, suvda kam eriydi. Alkinlar gomologlarining fizik xossalari oʻzgarishi alkanlar va alkenlar qatoridagi umumiy qonuniyatlarga boʻysunadi. Gomologik qatorda nisbiy molekulyar massalari ortishi bilan moddalarning qaynash haroratlari ham ortadi. Alkinlarning oldingi uchta aʼzosi gazlar, C5H8 dan boshlab suyuq moddalar, yuqori alkinlar (C16H30) esa qattiq moddalar. Alkinlar alkenlar kabi suvdan yengil, suvda kam eriydi, organik eritmalarda yaxshi eriydi. [3]
Kimyoviy xossalari
Alkinlarning kimyoviy xossalariga tarkibidagi uch bogʻning boʻlishi va tuzulishi taʼsirqiladi.Alkinlar uchun birikish, polimerlanish, oʻrin olish va oksidlanish
reaksiyalari xosdir.
Alkinidlarning hosil bo’lishi
Alkinlar va kumush ammiakatining yoki bir valentli misning reaksiyasi yuqori sifatli uch bog’ hisoblanadi:
Atsetilen suvda kam erisa-da, atseton kabi organik eritmalarda yaxshi eriydi. Tarkibida uglerodning massa ulushi katta boʻlganligi uchun atsetilen hidli alanga bilan yonadi. Atsetilen yonganda juda koʻp miqdorda issiqlik ajralganligi uchun (3000 °C gacha) metallarni qirqish va payvandlashda ishlatiladi. Kislorod yoki havoga aralashganda portlash qobilyati ustun boʻlganligi tufayli atsetilenning maxsus oq rangli ballonlariga qizil rangda „Atsetilen“ degan yozuv yoziladi va u ana shu ballonlarda saqlanadi. Sanoatda atsetilendan sirka aldegidi, sirka kislotasi, etil spirti, sintetik kauchuk, plastmassalar va boshqa koʻpgina moddalar olinadi.
2.1. ALKEN UGLEVODORODLARIGA OID MASALALAR YECHISH METODIKASI
1-masala. Etilen qatori uglevodorodining vodorodga nisbatan zichligi 28 ga teng. Bu moddaning molekulyar formulasini aniqlang.
А) C6H12 В) C4H8 С) C3H6 D) C5H10
|
| |