• Izomerlari va nomlanishi
  • ALKIN UGLEVODORODLARINING IZOMERIYASI XOSSALARI VA ISHLATILISHI




    Download 162,56 Kb.
    bet5/8
    Sana10.02.2024
    Hajmi162,56 Kb.
    #154074
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Alkinlar — mole-WPS Office (1)

    1.2. ALKIN UGLEVODORODLARINING IZOMERIYASI XOSSALARI VA ISHLATILISHI
    Alkin uglevodorodlarining izomeriyasi, xossalari va ishlatilishi Alkinlar — molekulasida uchlamchi bogʻ boʻlgan atsetilen qatori toʻyinmagan uglevodorodlari, umumiy formulasi CnH2n-2. Ularning birinchi vakili atsetilen CH≡CH dir. Atsetilendagi vodorod metil radikallar bilan almashtirilsa, molekulasida uchlamchi bogʻ boʻlgan gomologik qator hosil boʻladi. Uning birinchi gomologi metilatsetilen CH3-C≡CH; ikkinchisi etilatsetilen CH3-CH2-C≡CH va hokazo. Xalqaro nomenklatura boʻyicha atsetilen qatori uglevodorodlarni nomlashda ularga muvofiq keladigan alkanning -an qoʻshimchasi oʻrniga -in qoʻshimchasi qoʻyiladi. Alkinlar tabiatda uchramaydi, ular asosan alkanlar va kalsiy karbiddan olinadi. Alkinlar uchun birikish, polimerlanish, oʻrin olish va oksidlanish reaksiyalari xosdir. Alkinlarning oldingi uchta aʻzosi gazlar, C5H8 dan boshlab suyuq moddalar, yuqori alkinlar (C16H30) esa qattiq moddalar. Alkinlar alkenlar kabi suvdan yengil, suvda kam eriydi, organik eritmalarda yaxshi eriydi. Alkinlar va ularning hosilalaridan kundalik hayotda, texnikada keng qoʻllaniladigan: sirka aldegidi, sirka kislotasi, benzol, polivinilxlorid, poliakrilonitril, vinilatsetilen, sintetik kauchuk va boshqa moddalar olinadi.
    Izomerlari va nomlanishi
    Alkinlarning nomlanishi alkenlarga oʻxshash. Xalqaro nomenklatura boʻyicha alkinlarni nomlashda [[alkanlarning -an suffiksi -in suffiksiga almashtiriladi. Uch bog' asosiy zanjirga kirishi kerak. Uglerodlar karrali bogʻ yaqin joylashgan chekkadan boshlab raqamlanadi.

    Atsetilenning 3Dmodeli




    Alkinlarning radikallari boshqa uglevodorodlarning radikallariga oʻxshab nomlanadi: CH≡C- "etinil". Alkinlarning gomologik qatori:
    Etin (atsetilen): C2H2
    Propin: C3H4
    Butin-1: C4H6
    Pentin-1: C5H8
    Geksin-1: C6H10
    Geptin-1: C7H12
    Oktin-1: C8H14
    Nonin-1: C9H16
    Detsin-1: C10H18
    Tuzulishi
    Asetilen molekulasidagi H-C≡C-H har bir uglerod atomi bitta vodorod atomi bilan bogʻlanadi va oʻzaro uch karrali bogʻlanish orqali davom etadi. Alkinlarning tarkibidagi har bir uglerod atomi sp-gibridlangan holatda boʻladi. Uglerodning ikkita gibridlangan orbitallarining bittasi vodorod atomining s-orbitali bilan, ikkinchisi uglerod atomining sp-gibridlangan orbitali bilan σ-bogʻlar tuzishda qatnashadi, asetilen molekulasidagi atomlarning hammasi 180 °C burchak ostida bitta chiziq atrofida joylashadi. Atsetilen molekulasidagi ikkita uglerod atomi orasidagi uch bogʻning bittasi σ-, ikkita π-bogʻidan iborat. Uch bogʻning (−S≡S−) uzunligi 0,121 nm, bogʻlanish energiyasi 830 kJ/mol. [1
    Uglevodorod pirolizi
    Sanoatda atsetilen koʻ uchraydigan kimyoviy xom-ashyo — tabiiy gaz (metan)dan olinadi. Metan yuqori haroratda qizdirilsa, u uglerod va vodorodga ajladi. Reaksiyaning borish sharoitiga bogʻliq metan ajralganda atsetilen oraliq mahsulot sifatida hosil boʻladi: [2]:

    Degidrogenlash
    Alkinlar tegishli alkanlardan degidrogenlanib olinishi mumkin. etan 1200 °C haroratgacha qizdirilganda, atsetilen va vodorodga ajraladi.

    Karbid metodi
    Laboratoriya va turmushda atsetilen kalsiy karbidga suv taʼsirini oʻtkazish orqali olinadi. Kalsiy karbid elektr pechda soʻndirilmagan ohak va koksni yuqori haroratda (2000° C) qizdirish orqali olinadi.



    Download 162,56 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 162,56 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ALKIN UGLEVODORODLARINING IZOMERIYASI XOSSALARI VA ISHLATILISHI

    Download 162,56 Kb.