Izomeriyasi va nomenklaturasi




Download 7,78 Mb.
bet36/100
Sana14.02.2024
Hajmi7,78 Mb.
#156402
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   100
Bog'liq
portal.guldu.uz-“ORGANIK KIMYО ”

Izomeriyasi va nomenklaturasi. Dien uglevodorodlar molekulasidagi qo`sh bog`larning joylashgan o`rniga qarab uch gruppaga bo`linadi:
1. Agar ikkala qo`shbog` bitta uglerod atomiga tutashgan, ya`ni molekulada
C = C = C < gruppa bo`lsa, u holda ular kumulyaciyalangan qo`sh bog`li uglevodorodlar deyiladi.
2. Agar ikkala qo`sh bog` uglerod atomlariga bitta oddiy bog` orqali birikkan, ya`ni molekulada > C = C = C = C < gruppa bo`lsa u holda ular konyugirlangan qo`sh bog`li uglevodorodlar deyiladi.
3. Agar ikkala qo`sh bog` uglerod atomlariga ikki va undan ortiq oddiy bog`lar orqali birikkan, ya`ni molekulada >C = C – (CH2)n – C = C < gruppa bo`lsa, bunday diolefinlar ajratilgan qo`sh bog`li uglevodorodlar deyiladi Jeneva nomenklaturasiga muvofiq olefinlar nomida «en» qo`shimcha aytidganligi sababli diolefinlar dienlar (d i grekcha – ikki demakdir) ham deyiladi. Dienlar racional hamda Jeneva nomenklaturasiga ko`ra nomlanadi. Jeneva nomenklaturasiga muvofiq qo`sh bog`lar o`rni shu qo`sh bog`lar tutashgan uglerod atomlarining nomerlari bilan belgilanadi va tegishli to`yingan uglevodorod nomiga «dien» suzi qo`shib aytiladi.
Birinchi gruppa dien uglevodorodlarga allen (CH2 =C = CH2) va uning hosilalari misol bo`ladi. Allen Jeneva nomenklaturasiga muvofiq propadien deyiladi. Allenning gomologi C4H6 ikki xil izomer shaklda bo`lib, ularning birinchisi
4 3 2 1
CH3 – CH = C = CH2 metilalen yoki butadien – 1,2,
1 2 3 4
Ikkinchi izomeri CH2 = CH – CH = CH2 esa divinil, eritren yoki butadien – 1,3 deyiladi. Butadien–1,3 yuqorida kursatilgan ikkinchi gruppa dien uglevodorodlarga misol bo`ladi. Uchinchi gruppa dien uglevodorodlarga misol qilib geksadien – 1,5 1 2 3 4 5 6
СН2 = СН – СН2 – СН2 – СН = СН2, ya`ni diallilni kursatish mumkin. Dien uglevodorodlarning olinish usullari va ximiyaviy xossalari olefinlarnikiga o`xshaydi, ammo diolefinlarda qo`sh bog`lar hosil bo`lishi, ximiyaviy reakciyaga kirishishi birin-ketin yoki birdaniga sodir bo`lishi mumkin. Ayniqsa uchinchi gruppa uglevodorodlar, ya`ni ajratilgan qo`sh bog`li uglevodorodlar xossalari va olinish usullari jihatidan olefinlardan deyarli farqlanmaydi. Birinchi va ikkinchi gruppa dien uglevodorodlar o`ziga xos ba`zi xossalari jihatidan olefinlardan tubdan farqlanadi. Shuning uchun ularni mukammalroq o`rganib chiqamiz. 1, 3 – Dienlar sanoatda sintetik kauchuk olish uchun boshlang`ich mahsulot sifatida ishlatiladi.
Kumulyaciyalanagn qo`sh bog`li uglevodorodlar. 1, 2 – dienlar, ya`ni allenlar boshqa dien uglevodorodlarga qaraganda qiyin sintez qilinadi, shu sababli ular kam o`rganilgan .
Allen, ya`ni propadien CH2 =C = CH2 glecirining galogenli hosilasiga – 1, 2, 3 – dibrompropanga o`yuvchi kaliy kukuni ta`sir ettirib olinadi. Bunda avvalo dibrompropilen hosil bo`ladi, so`ngra unga rux kukuni ta`sir ettirib allen olinadi.
СН2Br – CHBr – CH2Br + KOH  CH2 = CBr – CH2Br + KBr + H2O
1,2,3– tribrompropan 2,3–dibrompropan–1
СН2 = CBr – CH2Br + Zn  CH2 = C = CH2 + ZnBr2
Allen gaz, - 136,10 da suyuqlikka aylanadi, - 34,50 da qaynaydi. Allen ximiyaviy xossalari jihatidan olefinlarga o`xshash bo`lib, asosan birikish reakciyasiga oson kirishadi. Ammo allenda ikkala qo`sh bog` birdaniga yoki birin-ketin uzilishi mumkin. Masalan, allenga brom ta`sir ettirilganda avvalo dibrompropilen, so`ngra tetrabrompropan hosil bo`ladi:
СН2=С=СН2+Br2 CH2=CBr–CH2BrCH2Br–CBr2–CH2Br
Allenga ikki molekula vodorod bromid biriktirilsa 2,2–dibrompropan hosil bo`ladi:
СН2 = С = СН2 + 2НBr  CH3 – CBr2 – CH3
2,2 – dibrompropanga suv ta`sir ettirilsa aceton olinadi.
СН3 – CBr2 – CH3 + H2O  CH3 – CO – CH3 + 2HBr
Allen va uning gomologlari kislotali muhitda gidratlanib keton hosil qiladi:
HOH
R – CH = C = CH2 ---- R – CH2 – CO – CH3
Allen bosim ostida 1400 temperaturada qizdirilganda to`rt a`zoli cikl hosil qilib polimerlanadi. Polimerlanish darajasi unchalik katta bo`lmay, ko`pincha, di, tri va tetramerlar olinadi. Allenning polimerlanishini S.V. Lebedev o`rgangan va uning tuzilish formulasini tahminan quyidagicha ifodalagan:



Konyugirlangan qo`sh bog`li uglevodorodlar, 1,3–dienlar. 1,3–Dienlar orasida nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo`lgani hamda shu sababli eng ko`p o`rganilgani divinil va uning ba`zi gomologlaridir:


Download 7,78 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   100




Download 7,78 Mb.