• Olinish usullari
  • Izomeriyasi va nomenklaturasi




    Download 7,78 Mb.
    bet33/100
    Sana14.02.2024
    Hajmi7,78 Mb.
    #156402
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   100
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-“ORGANIK KIMYО ”

    Izomeriyasi va nomenklaturasi. Atsetilen qatoridagi uglevodorodlar zanjirni tarmoqlanishga hamda uchlamchi bog`ning joylashuviga nisbatan izomerlanadi. Ularning izomerlari C4H6 dan boshlanadi, ya`ni:
    СН3–СН2–ССН СН3–СС–СН3
    etilatsetilen dimetilatsetilen
    Acetilen qatoridagi uglevodorodlar racional nomenklaturaga muvofiq atalganda, ularni acetilenning bir yoki ikki vodorod atomi boshqa radikalga almashingan hosilasi deb qaraladi va radikal nomiga acetilen so`zi qo`shib aytiladi:
    НССН НСС–СН3 НСС–С3Н7 С2Н5–СС–С3Н7
    Atsetilen metilatsetilen Propilatsetilen Etilpropilatsetilen
    Jeneva nomenklaturasiga muvofiq acetilen qatoridagi uglevodorodlarning nomi ularga mos keladigan to`yingan uglevodorodlar nomidan olinadi, ammo «an»qo`shimcha o`rniga «in» ishlatiladi. Uchlamchi bog` o`rni raqam bilan ko`rsatiladi. Uzun zanjirni nomerlashda, zanjirning tarmoqlangan qismini belgilashda va boshqalarda olefinlardagi kabi ish tutiladi. Masalan:
    НССН etin, аtsetilen
    НСС–СН3 propin, metilatsetilen
    1 2 3 4
    НСС–СН2–СН3 1 – butin, etilatsetilen
    СН3–СС–СН3 2 – butin, dimetilatsetilen
    НСС–СН2–СН2–СН3 1- pentin, propilatsetilen
    СН3–СС–СН2–СН3 2 – pentin, metiletilatsetilen




    Bunda uchlamchi bog`ni ifodalovchi raqam so`z oxirida yoki so`z boshida ko`rsatilishi mumkin, ya`ni:
    НСС–СН2–СН2–СН3 propin–1 yoki 1-propin
    Olinish usullari
    1. To`yingan uglevodorodlarning digalogenli hosilalariga, ya`ni vicinal (galogen atomlari ikki qo`shni uglerod ) va geminal (ikkala galogen atomlari bir uglerod atomiga birikkan ) galogenli hosilalariga o`yuvchi ishqorlarning spirtdagi eritmasi yoki natriy amid ta`sir ettirilganda acetilen qatoridagi uglevodorodlar olinadi:

    CH3 - CH2 – CHBr2  CH3 – C  CH + 2HBr
    CH3 – CH2 – CBr2 – CH2  CH3 – C  C - CH3 + 2HBr
    Vicinal digalogenli hosilalar o`z navbatida olefinlarga galogenlar ta`sir ettirib, geminal digalogenli hosilalar esa aldegid va ketonlarga fosfor galogenidlarini biriktirib olinadi.
    CH2 = CH2 + Br2  CH2Br – CH2Br
    CH3–CH2–CHO +PBr5 CH3–CH2–CHBr2+POBr3
    CH3- CH2–CO–CH3+PBr5CH3–CH2–CBr2–CH3+POBr3
    2. Atsetilen alkillash reakciyasiga uchratilganda, avvalo, atsetilenning metal-organik birikmasi hosil bo`ladi, so`ngra unga galogenalkil ta`sir ettiriladi.
    Masalan:

    3. Atsetilen sanoatda kaltsiy karbidga suv ta`sir ettirib yoki tabiiy gazlarni
    (masalan, metanni) piroliz qilib olindi:

    Atsetilen Kalsiy
    Kaltsiy karbid gidroksid
    4. Hozirgi vaqtda atsetilen metanni yuqori temperaturada kreking qilib olinadi:
    2СН4Н–СС–Н+3Н2
    lekin bu jarayonda hosil bo`lgan acetilen ham tez parchalanadi:
    Н–СС–Н2С+Н2
    Shuning uchun ham metan yuqori temperatura zonasidan juda tez o`tkaziladi. Gaz issiq zonadan chiqishi bilan tez sovitiladi. Metanni elektrokreking orqali atsetilen olish elektr yoyi reaktorida olib boriladi. Bu usulda olingan har tonna atsetilen bilan birga 100 kg gacha qurum ajralib chiqadi. Termik va elektr krekingdan tashqari termooksidlash krekingi ham keng tarqalgan. Bunda zaruriy issiqlik metanning bir qismini yoqish hisobiga hosil qilinadi.
    СН4 + 0,5 О2 СО + 2Н2 + 25,5 кж
    Tarkibida metan va kislorod ko`p bo`lgan va 550–6000C gacha qizdirilgan tabiiy gaz 1400-15000C gacha qizdirilgan kamera orqali katta tezlikda o`tkaziladi. Gaz kamerada taxminan 0,003-0,006 sekund turadi. Kreking natijasida acetilen bilan vodorodan tashqari turli miqdorda etilen, metan, uglerod (II)-oksid, uglerod (IV)-oksid va boshqa gazlar ham hosil bo`ladi, acetilen bu gazlardan suv, aceton, dimetilformamid kabi selektiv erituvchilar yordamida ajratib olinadi

    Download 7,78 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   100




    Download 7,78 Mb.