|
Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya
|
bet | 30/100 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 7,78 Mb. | | #156402 |
Bog'liq portal.guldu.uz-“ORGANIK KIMYО ”Olinish usullari. Olefinlar tabiiy va yo`lovchi gaz, neft hamda neftni qayta ishlash vaqtida chiqadigan gaz tarkibida bo`ladi. Ayniqsa Kanada nefti tarkibida olefinlarning miqdori ko`p. Olefinlar quyidagi usullar bilan olinadi:
1. Olefinlarning quyi molekulyar gomologlari neftni krekinglash processida hosil bo`ladi. Shuningdek ular yog`och va toshko`mir quruq haydalganda chiqadigan gazlarni bosim ostida haydash usuli bilan olinadi. Ammo, bunday usullar bilan olefinlar olish texnika ehtiyojlarini qondira olmaydi. Shu sababli olefinlar texnikada to`yingan uglevodorodlarni yuqori temperaturada (300-6000C) katalizator ishtirokida degidrogenlab olinadi.
Masalan:
2. Sanoatda olefinlar to`yingan spirtlardan suv ajratib olish (degidratlash) usuli bilan ham sintez qilinadi. Masalan, etilen etil spirtni alyuminiy oksid katalizatorligida va sulfat kislota ishtirokida 160-1800C temperaturada degidratlanish yo`li bilan olinadi.
С2Н5ОН СН2=СН2 + Н2О
Spirtlardan suvning ajralishi spirtlarning tabiatiga bog`lik bo`lib, uchlamchi spirtlar osonlik bilan degidratlanadi. Spirtlardan suvning ajralishi, ko`pincha, Zaycev qoidasiga bo`ysunadi. Bu qoidaga ko`ra, suv gidroksil gruppa hamda vodoroddan hosil bo`ladi, vodorod atomi esa kam gidrogenlangan ugleroddan ajraladi:
Kislota ishtirokida spirtlardan suvning ajralishini quyidagicha tushuntirish mumkin. Kislota protoni spirt bilan oksoniy birikma beradi, u esa darhol suv ajratib chiqarib karboniy ioniga aylanadi. Karboniy ioni beqaror bo`lganligidan tezda protonini yo`qotadi, natijada olefin hosil bo`ladi:
3. Olefinlar to`yingan uglevodorodlarning galogenli hosilalaridan galogenlarni yoki vodorod galogenidlarni chiqarib yuborish yo`li bilan hosil qilinadi.
a) Monogalogenli hosilalarga o`yuvchi ishqor kukuni ta`sir ettirilganda olefin olinadi:
Bu reakciyada o`yuvchi ishqorning spirtdagi eritmasini ishlatish ham mumkin, ammo bunda olefin bilan bir qatorda oddiy efir ham hosil bo`ladi:
С2Н5OH + КОН С2Н5ОК + Н2О
С2Н5CI + КОС2Н5 С2Н5ОС2Н5 +КCI
Shu sababli o`yuvchi ishqor kukunini ishlatish qulaydir.
b) Vicinal (yonma-yon uglerod atomlariga birikkan) digalogenli birikmalarga rux kukuni ta`sir ettirilganda sof holdagi olefinlar olinadi:
СН2Вr – CH2Br + Zn CH2 = CH2 + ZnBr2
R – CH2 – CHBr – CH2 Br + Zn R - CH2 – CH = CH2+ZnBr2
4. Acetilen qatori uglevodorodlarini katalizator ishtirokida gidrogenlab olefinlar olinadi. Masalan, acetilen palladiy katalizatorligida 180-2000C tempraturada gidrogenlanganda etilen hosil bo`ladi:
СНСН + Н2 СН2 СН2
Germaniyada etilen sanoat miqiyosida ana shu usulda olinadi.
5. Olefinlar olish usullarining laboratoriyada keng qo`llaniladigani sirka kislota efirlarini piroliz qlishdir (400-5000C):
СnH2n+1 – OOC – CH3 CnH2n+ CH3COOH
|
| |