Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya




Download 7,78 Mb.
bet26/100
Sana14.02.2024
Hajmi7,78 Mb.
#156402
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   100
Bog'liq
portal.guldu.uz-“ORGANIK KIMYО ”

Sulfolash. Organik modda molekulasiga - SO3 H sulfogruppani kiritish bilan C – S bog`ni hosil qilish processi sulfolash deb ataladi. Parafinlar odatdagi sharoitda koncentrlangan sulfat kislota bilan reakciyaga kirishmaydi, ular yuqori temperaturada oksidlanadi. Oleum parafinlarning metandan boshqa gomologlariga ta`sir qiladi. Geksan, pentan va oktan oleum ishtirokida qaynash temperaturasigacha qizdirilsa, tegishli sulfoalkanlar hosil bo`ladi:
C7H16 + HOSO3H  C7H15 - SO3H + H2O
geptansulfo - kislota
Alkanlarning C18H38 gacha bo`lgan boshqa vakillarini ham oleum ta`sirida sirkaetil efir muhitida sulfolash mumkin.
Sulfoxlorlash. Parafin uglevodorodlar uy temperaturasida ultrabinafsha nurlar yoki inisiatorlar ta`sirida sulfid angidrid va xlor aralashmasi bilan reakciyaga kirishib, alkan sulfokislotalarning xlorangidridlarini (alkansulfoxloridlarni) hosil qiladi. Vodorodning sulfoxlorid gruppasiga (-SO2CI) almashinishi sulfoxlorlash reakciyasi deyiladi:

alkansulfoxlorid
Alkanlarning barchasi sulfoxlorlanish reakciyasiga oson kirishadi. Ikkilamchi ugleroddagi vodorodlar birlamchidagiga nisbatan oson almashadi. Uchlamchi ugleroddagi vodorod esa sulfogruppaga almashmaydi.
Alkanlarning pirolizi. Qizdirilganda birikmalarning parchalanish processi piroliz deyiladi (grekcha «Pyr”-olov va “lysis» parchalanish demakdir). Metan alkanlar gomologik qatorida termik jihatdan eng barqorori bo`lib, 14000 C dan yuqori temperaturada parchalanadi. To`yingan uglevodorodlarning molekulyar massasi qanchalik katta bo`lsa, ularning termik parchalanishi shunchalik oson bo`ladi. Uglevodorodlar pirolizga uchraganda uglerod zanjirining uzilishi, uglevodorodlarning degidrogenlanishi, izomerlanishi, ciklizaciya va sintez processlari sodir bo`ladi. Bunda vodorod, to`yingan, to`yinmagan va aromatik uglevodorodlardan iborat murakkab aralashma hosil bo`ladi. Pirolizda erkin alifatik radikallar hosil bo`ladi, ya`ni u radikalli mexanizm bo`yicha boradi (Rays, 1931). Masalan, propan pirolizga uchraganda metil va etil radikallari hosil bo`ladi (I). Metil radikali propan molekulasidan vodorodni tortib olib, yangi propil radikallarini va metanni hosil qiladi (II). Etil va propil radikallarining disproporciyalanishidan etilen, etan, propilen hamda propan (III, IV), ikkita etil radikalidan butan (V), ikkita propil radikalidan geksan (VI), etil va propil radikallaridan esa pentan (VII) hosil bo`ladi:


Download 7,78 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   100




Download 7,78 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya

Download 7,78 Mb.