|
Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya
|
bet | 27/100 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 7,78 Mb. | | #156402 |
Bog'liq portal.guldu.uz-“ORGANIK KIMYО ”Oksidlanish reaksiyalari. Parafinlar oksidlovchilar ta`sirigacha chidamli bo`lib, odatdagi sharoitda havo kislorodi, hatto KMnO4, K2Cr2O7 ta`sirida ham deyarli oksidlanmaydi. Yuqori temperaturada esa kuchli oksidlovchilar ta`sirida uglerod zanjiri uzilib, asosan karbon kislotalar va oksidlanishning oxirgi mahsuloti – CO2 hosil bo`ladi. Quyi alkanlar juda qiyin oksidlanadi. Shuning uchun ham oksidlanish processi, odatda, molekulyar kislorod ta`sirida turli katalizatorlar (kobalt, marganec va xrom tuzlari) ishtirokida amalga oshiriladi. Katalizator ta`sirida uglevodorod molekulasidan vodorod atomi ajralib chiqadi va natijada radikal hosil bo`ladi (I). Bu radikal kislorod molekulasini biriktirib olib, alkilgidroperoksid radikali hosil bo`ladi (II). U esa uglevodorodning ikkinchi molekulasidan vodorod atomini trotib olib (zanjirning o`sishi), alkil gidroperoksidni hosil qiladi (III). Hosil bo`lgan alkil gedroperoksid ikki xil usulda parchalanadi: 1) uning tarkibidan suv jaralib chiqib, keton
hosil bo`ladi, ketondan esa karbon kislotalar hosil bo`ladi (IV). U ikkita radikalga parchalanib, ikkilamchi spirtlar hosil bo`ladi (V). Izomerlanish. Molekulasida 4 ta va undan ortiq uglerod atomlarini tutgan normal uglevodorodlar katalizatorlar ishtirokida qizdirilganda izomerlanib, tarmoqlangan zanjirli uglevodorodlar hosil bo`ladi. Masalan, n-pentanning izopentanga izomerlanishi AICI3 ishtirokida 1000C ga yaqin tempereturada boradi. Katalizator n-pentan (I) molekulasidan gidrid -ionni tortib oladi, natijada ikkilamchi karboniy ion (II) hosil bo`ladi. Bu ion oraliq mahsulot (III) orqali qayta guruhlanadi (IV) va gidril –ionni biriktirib, izopentanga (V) aylanadi:
Kreking gazlari tarkibidagi n-butanning katalitik izomerlanishidan izobutan olinadi:
Izobutan «oktan soni» katta bo`lgan yuqori sifatli motor yoqilgilari–izooktan va neogeksan olishda, ihopentan esa kauchuk ishlab chiqarish uchun xom ashyo hisoblangan izopren olishda ishlatiladi.
Ishlatilishi. To`yingan uglevodorodlar ekilgi sifatida, sanoat miqiesida acitilen, metil spirt, chumoli aldegid, xlorli hosilalar, plastmassalar, nitron, sintetik kauchuk, mineral o`g`itlar, etilen glikol, etilbenzol, aceton, izopropil spirt, xloroform va boshqa organik sintezda ishlatiladi.
|
| |