|
Moliya va moiliyaviy texnologiyalar
|
bet | 1/6 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 127,17 Kb. | | #118451 |
Bog'liq Matematika 01
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
ANDIJON FAKULTETI
“Iqtisodchilar uchun matematika”FANIDAN
MUSTAQIL ISH
MAVZU: Differensiallashning geometrik ma’nosi.
BAJARDI: “MOLIYA VA MOILIYAVIY TEXNOLOGIYALAR” 70/22-GURUH talabasi
Nazirov Otashinxo’ja
TEKSHIRDI: Muydinov. X
Andijon-2023
REJA
Funksiya hosilasi va uning ma’nosi
Hosila va uning geometrik ma’nosi
Differensiallash va uning asosiy qonun qoidalaaari
Kirish:
Ushbu referat yozilish jarayonida turlicha metodlar foydalanildi. Referat Differensiallashning geometrik ma’nosi mavzusida atroflicha yoritildi. Differensila hisob, hosila tushunchasiga olib keladigan masalalar. Hosila tushunchasiga olib keladigan masalalar jumlasiga qattiq jismni to`g`ri chiziqli harakati, harakat tezligi masalasi, berilgan y=f(x) funksiyaning argument x bo`yicha hosilasi deb, argument orttirmasi ixtiyoriy ravishda nolga intilganda va funksiya hosilasi kabi yana ko’plab atamalarga yetarlicha ta’rif berildi.
Differensial hisob – matematikaning hosilalar va differensiallarni hisoblash, ularning xossalarini o`rganish hamda funksiyalarni tekshirishga tatbiq qilish bilan shug`ullanadigan bo`limi.
Differensial hisobning vujudga kelishidagi dastlabki ishlar egri chiziqqa urinma o`tkazish masalasini echishda Ferma, Dekart va boshqa matematiklar tomonidan qilingan. I.Nyuton va G.Leybnits o‘zlaridan avvalgi matematiklarning bu boradagi ishlarini nihoyasiga yetkazdilar.
Funksiya hosilasi, uning geometrik va mexanik ma’nosi:
Hosila tushunchasiga olib keladigan masalalar. Hosila tushunchasiga olib keladigan masalalar jumlasiga qattiq jismni to`g`ri chiziqli harakatini, yuqoriga vertikal holda otilgan jismning harakatini yoki dvigatel silindridagi porshen harakatini tekshirish kabi masalalarni kiritish mumkin. Bunday harakatlarni tekshirganda jismning konkret o`lchamlarini va shaklini e‘tiborga olmay, uni harakat qiluvchi moddiy nuqta shaklida tasavvur qilamiz. Biz bitta masalani olib qaraymiz.
|
| |