Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya




Download 7,78 Mb.
bet25/100
Sana14.02.2024
Hajmi7,78 Mb.
#156402
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   100
Bog'liq
portal.guldu.uz-“ORGANIK KIMYО ”

Nitrolash. Organik modda molekulasiga nitrogruppa (-NO2) ni kiritish bilan C-H bog`ni hosil qilish processiga nitrolash deyiladi. Koncentrlagan nitrat kislota odatdagi temperaturada to`yingan uglevodorodlar bilan reakciyaga kirishmaydi, yuqori temperaturada esa C - C bog`larni uzib, ularni oksidlaydi. Oksidlashning oraliq mahsulotlari sifatida spirt, aldegid va ketonlar, nitrat hamda nitrat kislotaning efirlari, asosiy mahsulotlar sifatida esa karbon kislotalar hosil bo`ladi. Agar reakyiya yuqori teperatura va bosimda suyultirilgan nitrat kislota bilan olib borilsa, alkanlar nitrolanib tegishli nilrobirikmalar hosil bo`ladi:

Bu reakciya 1888-1894 yillarda rus olimi M. I. Konovalov tomonidan ochilgan va shuning uchun ham Konovalov reakciyasi deb yuritiladi. Reakciya 12,5 % li nitrat kislota bilan kavsharlangan nayda 110-1400 C da olib borilsa, ancha toza nitrobirikma hosil bo`ladi. Reakciyaning unimi 50% bo`ladi.
Bu reakciyada to`yingan uglevodorodlardagi uchlamchi ugleroddagi vodorodlar nitrogruppaga eng oson, ikkilamchi uglerodlardagilari qiyinroq va birlamchi ugleroddagi vodorodlar esa qiyin almashadi. Masalan, 2,5- dimetilgeksan nitrolanganda mononitrobirikmalarning aralashmasi hosil bo`ladi. Aralashmaning 83 % ini uchlamchi nitrobirikma (2-nitro-2,5-dimetilgeksan), 17% ini esa ikkilamchi va birlamchi nitrobirikmalar tashkil qiladi:

Sanoatda to`yingan uglevodorodlar nitrat kislotaning bug`i bilan nitrolanadi (Hass 1906 y.) va tegishli nitroalkanlar olinadi. 2 mol uglevodorod va 1mol nitrat kislota bug`larinig aralashmasi 4200C da reaktordan o`tkazilsa, etan, propan va n-butan reakciyaga tez kirishadi. Metan bu temperaturada juda sekin reakciyaga kirishadi. Lekin 4750 C da yaxshi nitrolanib, nitrometanni hosil qiladi:

nitrometan
Etan va yuqori gomologlar bug` fazada nitrolansa, nitroalkanlarning aralashmalari hosil bo`ladi, chunki reakciya uglevodorodlarning krekinglanishi
bilan boradi:


Download 7,78 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   100




Download 7,78 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya

Download 7,78 Mb.