|
Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya
|
bet | 23/100 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 7,78 Mb. | | #156402 |
Bog'liq portal.guldu.uz-“ORGANIK KIMYО ”Nazorat savollari:
Quyidagi uglevodorodlarni qaysi biri alkanlar: С5Н12, С7Н14, С8Н18, С10Н22, С22Н44, С8Н6
2. 8, 10, 13 uglerod atomi tutgan alkanlarni formulalarini yozing.
3. Butan, pentan, geksan izomerlarining tuzilish formulalarini yozing va nomlang.
4. Geptan izomerlarini yozing va nomlang. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va to`rtlamchi uglerod atomlarini belgilang.
5. Tarkibi C8H18 bo`lgan alkanni uzun zanjirida 6 ta uglerod atomi tutgan izomerlarini tuzilish formulalarini yozing va IYuPAK bo`yicha nomlang.
4-ma`ruza. Alkanlarning xossalari. Almashinish va parchalanish reakciyalari mexanizmi. Oksidlanish reakciyasi. Ishlatilishi.
Reja
1. Alkanlarning fizikaviy va ximiyaviy xossalari.
2. Alkanlarning almashinish va parchalanish reakciyalari va mexanizmi.
3.Oksidlanish reakciyasi.
4. Alkanlarning sanoatda va xalq xo`jaligida ishlatilishi.
Organik birikmalarning har bir sinfi ma`lum fizikaviy xossalar bilan xarakterlanadi. Bu xossalar molekulalarning tarkibi va tuzilishiga bog`liq bo`lib, gomologik qatorda ma`lum qonuniyat asosida o`zgaradi.
Normal alkanlarning dastlabki to`rttasi odatdagi sharoitda gaz, keyingi 13 tasi suyuqlik, C18 dan boshlab esa qattiq moddalardir. Moddalarning qaynashiga molekulalarning atomlari o`rtasidagi o`zaro ta`sirlashuv kuchlari to`sqinlik qiladi. Molekuladagi atomlarning soni qancha ko`p bo`lsa, molekulalararo kuch shuncha katta bo`ladi va ularni engish uchun shuncha ko`proq energiya talab qilinadi. Demak, gomologik qatordagi molekulalar yiriklashib borgan sari ularning qaynash temperaturasi uzviy o`sib borishi kerak. Haqiqatdan ham quyi alkanlarning uglerod zanjiridagi uglerod atomining soni bitta ortishi bilan qaynash temperaturasi 10-300C ga oshadi.
Alkanlar benzol, efir va xloroform singari qutbsiz erituvchilarda yahshi eriydi, kuchli qutbli erituvchilarda erimaydi. Ularning o`zi ham qutbsiz va qutbligi kichik bo`lgan moddalarni eritib, kuchli qutbli moddalarni erita olmaydi. Alkanlarning solishtirma og`irligi gomologik qator bo`ylab ortib borib, eng yuqorisi 0,8 ga teng bo`ladi. Gazsimon va qattiq alkanlar hidsiz, suyuq alkanlar esa o`ziga xos benzin va kerosin hidiga ega.
|
| |