|
Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya
|
bet | 20/100 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 7,78 Mb. | | #156402 |
Bog'liq portal.guldu.uz-“ORGANIK KIMYО ”Nazorat savollari:
1. Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi ta'rifi.
2. Izomeriya hodisasi va turlari.
3. Organik reksiyalarning turlari va mexanizmlari.
4. Organik moddalarni tadqiq etish usullar haqida tushuncha.
3- ma`ruza. To`yingan uglevodorodlar. Alkanlar. Gomologik qatori. Nomlanishi. Tuzilishi. Izomeriyasi. Tabiiy manbalari. Olinishi.
Reja
1. Alkanlar. Gomologik qatori.
2. Alkanlarning nomenklaturasi va izomeriyasi.
3. Alkanlarning tuzilishi. sp3 – gibridlanish.
4. Tabiiy manbalari va olinishi.
Molekulalari o`zaro faqat - bog`lar bilan bog`langan uglerod va vodorod atomlaridan tuzilgan birikmalar to`yingan uglevodorodlar yoki alkanlar deyiladi. Alkanlarning molekulalarida uglerod molekulalari sp3 – gibridlangan holatda (uglerod atomining birinchi valent holati) bo`lib, uglerod zanjirini hosil qilishda sarf bo`lmagan valentlik birliklari vodorod atomlari bilan batomom to`yingan. Shuning uchun ham ular to`yingan uglevadorodlar deyiladi. Bu qator uglevadorodlaring har bir a`zosi o`zidan oldingi va keyingi a`zodan CH2 gurppa bilan farq qilib, CnH2n+2 umumiy formulaga egadir. Tuzilishi o`zaro o`xshash, ximiyaviy xossalari esa yaqin bo`lib, tarkibi bir yoki bir necha CH2 guruppa bilan farq qiluvchi moddalar qatori gomologik qator deyiladi. Gomologik qatordagi moddalar esa gomologlar deyiladi.
Gomologik qator a`zolarining fizika - kimyoviy xossalari biridan ikkinchisiga o`tganda asta - sekin o`zgarib boradi. Qatordagi ayrim a`zolarning xossalarini o`rganish bilan bu qatordagi quyi va yuqori gomologlarning xossalari haqida fikr yuriitish mumkin.
Izomeriyasi. Metan, etan va propanning izomeri yo`q. Lekin butanda uglerod atomlari o`zaro ikki xil, pentanda uch xil, tartibda birikishi mumkin. Demak, butan ikki, pentan esa uch izomerga ega.
n-butan izobutan
N-pentan Izopentan neopentan
Butan va pentandagi uglerod atomlari o`zaro birikib, tug`ri zanjirni hosil qilgan. Bunday tuzilishga ega bo`lgan birikmalar normal birikmalar deyiladi va n harfi bilan belgilanadi. Izobutan, izopentan va neopentandagi uglerod zanjiri esa tarmoqlangan. Bunday birikmalar izo- birikmalar deyiladi. Yuqorida keltirilgan butan hamda pentanning izomerlari bir- biridan uglerod zanjirining turlicha tuzilganligi bilan farq qiladi. Bunday izomeriya struktura izomeriya yoki uglerod skeletining izomeriyasi deyiladi. Uglevodorod molekulasidagi uglerod atomlarining soni oshib borishi bilan izomerlarning soni ham juda tez ortib boradi.
Alkanlarning molekulasidagi har bir uglerod atomi o`zi bilan bevosita bog`langan boshqa uglerod atomlarining soniga qarab birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va to`rtlamchi uglerod atomlariga bo`linadi. Agar uglerod atomlari o`zidan boshqa faqat bitta uglerlod atomi bilan bog`langan bo`lsa ikkilamchi, uchta uglerod atomi bilan bog`langan bo`lsa uchlamchi va to`rtta uglerod atomi bilan bog`langan bo`lsa, to`rtlamchi uglerod atomi deyiladi. Xuddi shuningdek, vodorod atomlari ham (nechta uglerod atomi bog`langanliga qarab) birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi vodorod atomlariga bo`linadi. Quyidagi uglevodorodlarda birlamchi uglerod atomlari C1, ikkilamchilari C2, uchlamchilari C3, to`rtlamchilari C4 birlamchi uglerod H1 ikkilamchilari H2 va uchlamchilari H3 belgilar bilan ifodalanadi.
|
| |