• Fakultet: Tabiatshunoslik Gurux 35-13 Ekologiya va atrof muhit muhofazasi Fanning nomi: Organik kimyo Ma’ruza o’qituvchisi: Sh.Qosimov
  • TUZUVCHILAR
  • Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya




    Download 7,78 Mb.
    bet17/100
    Sana14.02.2024
    Hajmi7,78 Mb.
    #156402
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   100
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-“ORGANIK KIMYО ”

    «Tasdiqlayman»
    Tabiatshunoslik fakul’teti
    dekani prof. H.H.Qo’shiyev
    _______________________
    «___» ________2014 y.
    Fan dastur bajarilishining kalendarli rejasi
    Mashg’ulot turi (laboratoriya) 2014-2015 (IV semestr)
    Fakultet: Tabiatshunoslik Gurux 35-13 Ekologiya va atrof muhit muhofazasi
    Fanning nomi: Organik kimyo
    Ma’ruza o’qituvchisi: Sh.Qosimov
    Laboratoriya mashg’ulotlari o’qituvchilari: Sh.Qosimov, N.Umirova (Bahorgi semestr)



    Mavzu nomi

    Soat



    sana

    imzo

    1.

    Bir atomli spirtlarning xossalari. Alkogolyatlarni hosil qilish.

    2







    2

    Sirka-etil efirining olinishi.

    2







    3

    Sirka aldegidini olish.

    2







    4

    Atsetonning yodning ishqordagi eritmasi bilan ta’siri.

    2







    5

    Karbon kislotalar va ularning xossalari Sirka kislotaning olinishi va xossalari

    2







    6

    Nitrobenzol va nitrotoluolni hosil qilish.

    2







    7

    Aminobirikmalar va ularning xossalari.Anilin va uning tuzlarini eruvchanligini aniqlash..

    2







    8

    Aminokislotalar.Aminokislotalarga indikatorlar ta’siri.

    2







    9

    Uglevodlar va ularning xossalari

    2










    Jami

    18







    TUZUVCHILAR:

    Kafedra mudiri ________________________dots.O’.Abdurahmonova


    O’qituvchi imzosi ____________________o’qituvchi.Sh.Qosimov


    Kalendar rejaning bajarilishi xaqida kafedra mudrining xulosasi


    _______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
    _______________________________________________________________________ (imzo) F.I.Sh.


    1 -ma`ruza. Organik kimyo fani. Organik moddalarning xom ashyo manbalari. Organik birikmalarning asosiy turlari. O`zbekistonda organik moddalar kimyosi rivojlanishi va mamlakat iqtisodiyotida organik moddalar texnologiyasining ahamiyati.
    REJA.
    1. Kirish. Organik kimyo fani.
    2. Organik moddalarni o`rganishdagi dastlabki nazariyalar.
    3. Organik moddalarning xom ashyo manbalari.
    4. Organik birikmalarning asosiy turlari.
    5. O`zbekistonda organik moddalar kimyosi rivojlanishi va mamlakat iqtisodiyotida organik moddalar texnologiyasining ahamiyati.

    Organik ximiya fani. Organik ximiya –organik moddalarni tashkil qiluvchi uglerod birikmalarining ximiyasini o`rganuvchi fandir.


    Organik moddalar kishilarga qadimdan ma`lum, ular organik bo`yoqlarni (alizarin, purpur, indigo), uzum sharbatini bijg`itib sirka hosil qilishni, o`simliklardan shakar, moy olishni, eglarni ishqorlar bilan qaynatib sovun hosil qilishni bilganlar va bu moddalardan foydalanganlar. Ammo uzoq vaqtgacha organik moddalar aralashma holida ishlatilib kelingan. XIX asrga kelib arab alximiklari sirkadan sirka kislotani, musallas ichimligidan etil spirtini sof holda ajratib olishga muyassar bo`ldilar. XVI asrda etil spirtini sulьfat kislota bilan ishlash natijasida etil efir olindi. Organik moddalarni sof holda olish va ularni o`rganish XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlariga kelib kuchaydi.
    Atoqli shved ximigi I.Berselius (1779-1848) «o`simlik va hayvon organizmlarida hayot mavjud ekan, ularda moddalarning sintezi jonsiz tabiatdagiga qaraganda boshqacha bo`lib, qandaydir «hayotiy kuch» ning ta`sirida sodir bo`ladi»deydi.
    Shu davrda bir guruh ximiklar Bercelius izidan borib fanda vitalistik (latincha vita suzi «hayot» lis «kuch» demakdir)oqim kelib chiqadi. Bu oqim tirik tabiatdagi moddalarni laboratoriya sharoitida sintez qilib bo`lmaydi, degan idealistik ta`limotni olg`a surib, ximiya fanining taraqqiyotiga to`sqinlik qildi.
    1824 yilda Berseliusning shogirdi, nemis ximigi F.Vyoler laboratoriya sharoitida disiandan o`simlik organizmida uchraydigan oksalat kislotani oladi:

    disian oksalat kislota
    Ayniqsa F.Vyolerning 1828 yili oddiy anorganik tuz-ammoniy sianitdan hayvon organizmida hosil bo`ladigan mochevinani sintez qilishi vitalistik ta`limotga juda katta zarba berdi.

    Ammoniy
    sianat mochevina
    Bu kashfiyot ximiyada katta burilish yasab, organik moddalarning hosil bo`lishida hech qanday «hayotiy kuch» qatnashmasligini isbotlab berdi.
    1842 yili buyuk rus olimi N.N.Zininning nitrobenzoldan anilin olishi, 1845 yili nemis ximigi Kolbening sirka kislota sintez qilishi. 1854 yili fransuz ximigi Bertloning yog`ni hosil qilishi va 1861 yili rus olimi Butlerovning oddiy chumoli alьdegididan shakarsimon modda hosil qilishi «hayotiy kuch» haqidagi reaksion idealistik ta`limotga batamom zarba berdi va organik ximiya faning rivojlanishiga katta yo`l ochildi.
    Organik moddalar tarkibida uglerod elementi albatta bo`lishi XVII asrda uzil kesil isbotlandi. Shu bilan birga ko`pchilik organik birikmalar tarkibida uglerod elementidan tashqari vodorod, kislorod, azot va boshqa elementlar borligi aniqlandi.
    1861 yili Qozon universitetining professori Aleksandr Mixaylovich Butlerovning organik moddalarning ximiyaviy tuzilish nazariyasini yaratishi organik ximiyaning rivojlanish tarixida olamshumul ahamiyatga ega bo`ldi.
    A. M. Butlerov o`zining «Organik ximiyani to`liq o`rganishga kirish» degan kitobida uglerod birikmalari anorganik birikmalarga nisbatan beqaror ekanligini, uglerod boshqa elementlar bilan birikib xilma-xil birikmalar hosil qilishini, uglerodli ko`pchilik birikmalar bir xil empirik formulaga ega bo`lib, tuzulishi va xususiyatlari jihatdan farqlanishini ko`rsatib berdi va bu hodisani izomeriya deb atadi.
    Uglevodorodlarda vodorod atomlari boshqa elemenlarning atomlariga almashinib yangi birikmalar hosil qilishi mumkin. Shu sababli organik ximiyani ba`zan uglevodorodlar va ularning hosilalari ximiyasi deb ham ataydilar.
    Uglerod birikmalari hosilalarinig ximiyaviy xususiyatlari ulardagi funksional gruppalarning xossalariga bog`liq. Masalan, metanda vodorodning bitta atomi aminogruppa-NH2 ga o`rin almashingan bo`lsa, bu birikma asos xususiyatlariga, karboksil gruppa –COOH ga o`rin almashingan bo`lsa kislota xususiyatlariga ega bo`ladi:
    CH3NH2 CH4CH3 COOH
    Metilamin sirka kislota
    Nemis ximigi K. Shorlemmer uglerod atomlari o`zaro birikib –C-C- zanjirini hosil qilishini ko`rsatib berdi. Shu tariqa organik ximiya fan sifatida tarkib topib va rivojlanib bordi.
    Organik ximiya fani biologiya, medisina, agroximiya, o`simlik moddalar ximiyasi, o`simlikni muhofaza qilish va boshqa fanlar hamkorligida rivojlanmoqda.
    Organik himiya fanining yutuqlaridan xalq xo`jaligining turli tarmoqlarida foydalanilmokda. Ximiya sanoatida plastmassalar, organik shisha va sintetik tolalarni sintez qilish sanoatning avtomabilsozlik, samolyotsozlik, elektr, radio, to`qimachilik kabi tarmoqlarning rivojlanishiga katta hissa qo`shmoqda. Sintetik materiallar o`zining chidamliligi jihatidan metall va boshqa qurulish materiallaridan ustun va arzon turadi. Qishloq xujalik ekinlari hosildorligini oshirishda, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashishda, sanoatda olinayotgan organik preparatlardan insekticid, fungicid, gerbicid va defoliant hususiyatiga ega bo`lgan moddalar katta rol o`ynamoqda.
    Organik himiya organik moddalarning asosiy manbalarini-toshkumir, neft, tabiiy gazlar, o`rmon va qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlash yo`li bilan xalq xo`jaligi uchun yoqilg`ilar, bo`yoqlar, portlovchi moddalar, dori- darmonlar, sun`iy ipak tolalar, o`g`itlar va boshqa kerakli mahsulotlar etkazib beradi. Paxta tolasini qayta ishlash, sun`iy ipak tolalarini olinishi, kapron, neylon, va lavsan kabi sintetik tolalarning olinishi organik ximiyaning to`qimachilik sanoatiga ko`shgan katta hissasi bo`ldi.
    Organik birkmalarning turlari. Organik birikmalarning naqadar ko`pligi va xilma- xilligi, ularning tuzilishiga qarab sinflarga bo`lib o`rganishni talab etadi. Shuning uchun organik birikmalar uglerod atomlarining molekulada joylashishiga qarab yoki ularning hosil qilgan skeletlariga qarab uchta asosiy sinfga bo`linadi.
    1. Aciklik birikmalar. Alifatik yoki yog` qatori birikmalari. Bu sinfga uglerod atomlaridan tashkil topgan to`g`ri yoki tarmoqlangan zanjirli birikmalar kiradi:

    Aciklik birikmalar to`yingan va to`yinmagan birikmalarga bo`linadi. To`yinmagan birikmalarda uglerod atomlari o`zaro qo`sh va uch bog`lar orqali birikkan bo`ladi:
    C=C-C- ; -C=C-C-; -CC- C=C-
    2. Karbociklik birikmalar. Bu sinfga uglerod atomlaridan tashkil topgan halqa shaklidagi zanjirli birikmalar kiradi. Ular ikkiga bo`linadi.
    1. Aliciklik birikmalar :

    2. Aromatik birikmalar tarkibida С6Н6 gruppa- benzol halqasi bo`ladi:

    3. Geterociklik birikmalar. Bu sinfga molekulasida ugleroddan boshqa element (kislorod, azot, oltingugurt va boshqalar)atomlari ham bo`ladigan halqasimon (ciklik) birikmalar kiradi:

    Organik birikmalarning ximiyaviy xususiyatlari ularning tarkibiga kiruvchi atomlardan tashkil topgan gruppalarning xususiyatlariga bog`liq. Molekuladagi bu gruppalar funkcional gruppalar deb ataladi. Masalan, molekulada karboksil- «СOOН»funkcional gruppa bo`lsa modda kislota, amino- «NH2»- funкsional gruppa bo`lsa asos xususiyatiga ega bo`ladi. Yuqoridagi uchta asosiy sinf birikmalarning bitta yoki bir necha vodorod atomi tegishli funkcional gruppaga almashinishi natijasida bu birikmalarning hosilalari- yangi sinf birikmalari olinadi. Masalan, galoidlar(F, Cl, Br, I) o`rin almashishidan galoid birikmalar, gidroksil-OH gruppaga almashinganda spirtlar, karbonilC=O ga almashinsa alьdegid va ketonlar, karboksil-COOH da kislotalar, amino-NH2 gruppada aminlar, nitro-NO2 gruppada nitrobirikmalar, molekulada ham gidroksil ham karboksil gruppalar bo`lsa oksikislotalar, ham amino ham karboksil gruppalar bo`lsa aminokislotalar bo`ladi.
    Shunday qilib, organik moddalarning kelib chiqishini aniqlashda ularning klassifikaciyasini o`rganish katta ahamiyatga ega.
    O`zbekistonda organik moddalar kimyosini rivojlantirishda akademik O. S. Sodiqov va akademik S. Yu.Yunusovlar katta hissa qo`shdilar.
    Navoiyda «Navoiyazot» OAJ da nitron tola, sirka kislota, metanol va acetilen ishlab chiqariladi. Shurtangaz kimyo sanoatida polipropilen va gaz kondencati ishlab chiqariladi. Fargona va Qaravulbozor neftni qayta ishlash korxonalari, Toshkent lak-bo`yoq zavodi va boshqa kimyoviy korxonalar mamlakatimiz iqtisodiyotida katta ahamiyatga ega.



    Download 7,78 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   100




    Download 7,78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya

    Download 7,78 Mb.