|
Qarshi davlat unversiteti tibbiyot fakulteti tibbiy kimyo oraliq savollariga javoblar qarshi -2023
|
bet | 1/22 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 350,34 Kb. | | #229858 |
Bog'liq Tibbiy kimyo javoblari
Qarshi davlat unversiteti tibbiyot fakulteti TIBBIY KIMYO oraliq savollariga javoblar
QARSHI -2023
1.Geterohalqali birikmalarning sinflari.
5 a’zoli 1ta geteroatomli
Pirrol, furan va tiofen molekulalari birinchi navbatda o'zining alfa- uglerod atomi keyin betta bilan elektron o'rin olish reaksiyalarda qatnashadi.
Furandan tiofenni, tiofendan pirrolni va aksincha bir-biridan olinishi reaksiya Yuryev reaksiyasi yordamida amalga oshiriladi.
Besh a'zoli ikkita geteroatomli geterohalqali birikmalar
Imidazol - tarkibida ikkita geteroatom saqlovchi besh a'zoli geterohalqali birikmadir. Imidazol o'zida tabiati jihatidan farq qiladigan ikkita azot atomini saqlaydi.
Pirrol azoti oʻzida kislotali xossalarini mujassam- lashtirgan bo'lsa, piridindagi azot asosli xossani beradi
Molekulasida ham asos, ham kislota xossasini namoyon qiladi- gan guruhlar bo'lgani uchun imidazol amfoter xossaga ega. U kuchli kislotalar va ishqorlar bilan reaksiyaga kirib tuzlarni hosil qiladi.
Tabiati jihatdan kislota (=NH) va asos (-N=) xossalarini namoyon qiladigan azot atomlarining bo'lishi vodorod bog'lari hisobiga assotsiatlar hosil bo'lishiga olib keladi
Olti a'zoli bitta geteroatomli geterohalqali birikmalar
Piridin - tarkibida bitta geteroatom saqlagan olti a'zoli aroma tik geterohalqali birikma bo'lib, asosli xossaga ega. Piridindagi sp² gibridlangan azot atomi elektronoakseptor xossaga ega.
Piridin elektrofil o'rin olish reaksiyasiga qiyinroq kirishadi, qiyinroq oksidlanadi, lekin oson gidrogenlanadi. Piridin gidrogenlanib piperidin hosil qiladi
Olti a'zoli ikkita geteroatomli geterohalqali birikmalar
Pirimidin - tarkibida ikkita geteroatom saqlovchi olti a'zoli geterohalqali birikma. Bu guruhga diazinlar deb atalgan uchta izomer moddalar kiradi. Bu moddalar piridinga qaraganda elektrofil o'rin olish reaksi- yasiga qiyinroq kirishadi va ularning asoslik tabiati piridinga nis- batan kuchsiz bo'ladi. Bularning ichida pirimidinning geterohalqali birikmasi biologik faolligi jihatdan katta ahamiyatga ega.
Pirimidin yadrosi ko'pgina alkaloid va sulfanilamid preparat- lar tarkibida uchraydi. Pirimidin hosilalari ichida tarkibida -OH va -NH, guruhlar saqlovchi moddalar katta ahamiyatga egadir. Ular nuklein kislotalar tarkibiga kiruvchi nuklein asoslaridir
|
| |