|
-va 2-tipdagi diabetda davo turlari
|
bet | 22/22 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 350,34 Kb. | | #229858 |
Bog'liq Tibbiy kimyo javoblari80 .1-va 2-tipdagi diabetda davo turlari.
Qandli diabetni davolashmetabolik jarayonlarni normal holatga keltirishqondagi glyukoza darajasini normal holatga keltirishkasallik asoratlari ehtimolini yo'qotish lozim Qandli diabetni davolashning asosini parhez tashkil etadi. Bemorning ratsioni yoshi, jinsi, jismoniy faolligi va vaznini hisobga olgan holda shifokor tomonidan tanlanadi. 1-tipdagi diabetda uglevodlar qat'iy ravishda har kuni aynan bir vaqtda iste'mol qilinadi, bu orqali qondagi shakar darajasini va insulinni kerak paytda yuborishni nazorat qilish mumkin bo`ladi. Yog'li ovqatlardan voz kechish muhimdir
Agar bemorda 2-tipdagi diabet bo'lsa, unda u umuman shirinliklardan voz kechish lozimdir. Ovqatlarning umumiy kaloriya miqdori ham kamaytiriladi, bo`lib-bo`lib ovqatlanish tavsiya etiladi hamda fruktoza va shakar o`rnini bosuvchi moddalarda foydalanish mumkin.
Parhez yordamida faqat yengil darajadagi qandli diabet davolanadi. Agar bemorda kasallikning og'irroq shakllari mavjud bo'lsa, dori-darmonlarsiz davolanishning iloji yo`q. 1-tipdagi diabetda insulin terapiyasi qo'llaniladi, 2-toifa diabetda qondagi qand darajasini pasaytirish uchun maxsus dorilar qo'llaniladi.
81.Gipoglikemik koma haqida malumot bering.
Gipoglikemiya - bu simpatik asab tizimning faollashishi yoki markaziy asab tizimining disfunktsiyasi bilan tavsiflangan sindromdir, bu patologik jihatdan plazmada glyukozaning miqdori pastligi tufayli yuzaga keladi, bu juda ko'p belgili sabablarga ega. Gipoglikemik koma - bu gipoglikemiyaning o'ta xavfli darajasi, va o'tkir holat bo'lib, qonda glyukozaning tez pasayishi va miya tomonidan glyukozani iste'mol qilish keskin pasayishi bilan rivojlanadi. Gipoglikemik koma ko'pincha, diabet kasalligi bilan og'rigan bemorlarda, insulinni, shakarni kamaytiruvchi dorilarni ko’p dozasida (ayniqsa salitsilatlar, alkogol, beta-blokaterlar bilan birgalikda) qabul qilish. Uglevodlarni etarli miqdorda iste'mol qilmaslik, mushaklarning intensiv mashqlari, turli xil hissiy holatlar, infektsiyalar bilan yuzaga keladi.
|
| |