|
Sigir sutining biologik hususiyatlarini sanang
|
bet | 15/22 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 350,34 Kb. | | #229858 |
Bog'liq Tibbiy kimyo javoblari47.Sigir sutining biologik hususiyatlarini sanang.
Sigir sutidan to‘g‘ridan to‘g‘ri foydalanish maqsadga muvofik emasdir. Bunga asosiy
sabab bu sutning ona sutidan farqli ravishda mineral yuqori qiymatga ega
bo‘lganligi oqibatida quyidagi holatlar kelib chiqishidir.
1.Chaqaloqning buyrak ekskritor faoliyati past bo‘lganligi sababli bola
organizmida ko‘plab osmotik faol ionlar yig‘ilib qoladi va natijada biologik
suyuqliklar osmotik bosim qiymati buziladi.
2. Organizmning Na+ ionlari bilan boyitilishi bolaning nisbatan katta
yoshga etganda gipertoniya kasalligi bilan og‘rishiga sabab bo‘ladi.
3. Ona va sigir sutidagi Ca2+ ; PO43-ionlarining nisbati tegishlicha 2:1 va 1:1
bo‘ladi. Shu sababli ona suti tarkibidagi Ca2+ ionlarining o‘zlashtirilish qiymati 60%, sigir sutidagilarniki esa 20 % ni tashkil etadi. Buning natijasida bu sut turlari bola suyaklarining qotishiga turlicha ta’sir etadi.
4. Sigir sutining tarkibida oqsillar, ishqoriy metall fosfatlari hamda limon kislotasi mikdorining ko‘p bo‘lishi uning bufer sig‘imining katta bo‘lishiga olib
keladi. Natijada sigir sutidan foydalanilganda ajralib chiqadigan oshqozon shirasining miqdori ona sutidagiga qaraganda 3 barobar ko‘p bo‘ladi.
48.Ionitlarga nima va misollar keltiring.
Ionitlar tibbiy maqsadlar uchun keng qo‘llaniladi. Masalan, chaqaloqlarni sun’iy boqishda qo‘llaniladigan ozuqalardan biri qayta ishlangan sigir suti hisoblanadi.
50.Odam organizmida tanlangan adsorbsiyaga misollar keltiring.
Tanlangan adsorbsiyaning misollaridan biri ionli adsorbsiyadir. Panet-Fayans qoidasiga binoan qattiq adsorbent ko‘pincha adsorbent tarkibiga kiradigan yoki adsorbent bilan umumiy
guruxga ega bo‘lgan ionlarni adsorbilaydi. Masalan, H2SO4+BaCl2 reaksiyada hosil bo‘ladigan BaSO4 zarrachalarida birinchi navbatda H+ , Cl- , K+ yoki NO3 - ionlari emas balki SO4 2- yoki Ba 2+ ionlari adsorbilanadi.
Masalan, qoqshol kasalligini qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarning zaharlari — MNS hujayralariga,
ichburug` qo`zratuvchi bakteriyalarning zaharlari esa vegetativ nerv sistema hujayralari bilan tanlangan adsorbsiyaga uchrab, og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi
|
| |