• 39.Molekulyar eritma.Mitsellyar eritmaga tarif bering.
  • Qarshi davlat unversiteti tibbiyot fakulteti tibbiy kimyo oraliq savollariga javoblar qarshi -2023




    Download 350,34 Kb.
    bet12/22
    Sana13.05.2024
    Hajmi350,34 Kb.
    #229858
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
    Bog'liq
    Tibbiy kimyo javoblari

    38.Mitsella tushunchasi
    Granula bilan diffuziya qavati mitsellani hosil qiladi. Mitsellalar – alohida kolloid zarrachalar bo‘lib, ular zolning dispers fazasini tashkil etadi. Kolloidlarning mitsellalari ikki xil shaklda bo‘ladi: 1) Simmetrik mitsellalar (masalan, sharsimon mitsellalar); 107 2) Asimmetrik mitsellalar (masalan, tekis plastinkasimon, cho‘ziq tayoqchasimon va hokazo shakllardagi mitsellalar). Mitsellaning shakli mitsella yadrosining kristallik tuzilishiga bog’liq bo‘ladi, chunki yadro tarkibiga kiruvchi atom yoki molekulalar ma`lum tipidagi kristallik panjaraga egadir.


    39.Molekulyar eritma.Mitsellyar eritmaga tarif bering.
    Mitsella hosil bo‘lish o‘z-o‘zidan amalga oshadigan va qaytar jarayondir.
    Sistema temperaturasi va SFM konsentratsisining o‘zgarilishiga qarab kimyoviy jarayon muvozanatini agregatsiya va dezagregatsiyalash holatlari tomon siljitish
    mumkin:
    molekulyar eritma ↔ mitsellyar eritma ↔ gel.
    SFM larining mitsellyar eritmalari termodinamik jixatdan barqaror sistemalardir. Bu eritmalardagi zarrachalarning kattaliklari kolloid disperslik
    darajalari kabi bo‘lganligi sababli ular l i o f i l d i s p e r s s i s t e m a l a r y o k i a s s o t s i a t s i y a l a s h g a n k o l l o i d l a r deb ataladi. Suvli
    eritmalarda SFM dan mitsella tabiatli zarrachalarning hosil bo‘lishi asosida
    ularning gidrofob va gidrofil tabiatli guruxlarining o‘ziga xos tabiati yotadi: ular suv muxitiga gidrofil guruxlari bilan ma`lum bir tarafga yo`nalgan va yadrolari uglevodorod radikallaridan tashkil topgan sferik mitsellalar hosil kiladi.
    Eritmadagi SFM ning konsentratsiya qiymati ortishi ularning zanjiri silindrsimon tuzilishiga va nixoyat plastinkasimon shaklga ega bo‘lishiga olib
    keladi.
    Mitsellyar eritma hosil bo‘lishi va ularning bir turdan ikkinchi turga o‘tishi SFM ning ma’lum konsentratsiya qiymatida sodir bo‘ladi: mitsella
    hosil bo‘lishiga olib keladigan SFM larning eng kichik konsentratsiyasi mitsella hosil bo`lishining kritik konsentratsiyasi deb ataladi (MKK)



    Download 350,34 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




    Download 350,34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qarshi davlat unversiteti tibbiyot fakulteti tibbiy kimyo oraliq savollariga javoblar qarshi -2023

    Download 350,34 Kb.