• 71.Qandli diabet kasalligining 1-turi haqida malumot bering.
  • 72.Qandli diabet kasalligining 2-turi haqida malumot bering
  • 73.Qondagi qand miqdori haqida malumot bering.
  • 74.Giperglikemiya va Gipoglikemiya haqida tushuncha bering
  • Qandli diabet kasalligining necha turi bor




    Download 350,34 Kb.
    bet20/22
    Sana13.05.2024
    Hajmi350,34 Kb.
    #229858
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
    Bog'liq
    Tibbiy kimyo javoblari

    70. Qandli diabet kasalligining necha turi bor
    Qand kasalligi - organizmda insulin tanqisligi va moddalar almashinuvi buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik.
    Kasallikning irsiy yoki hayotda orttirilgan, shuningdek, insulinga bog'liq (diabetning 1turi) va insulinga bog'liq bo'lmagan (diabetning 2turi) turi farq qilinadi


    71.Qandli diabet kasalligining 1-turi haqida malumot bering.
    Diabetning 1turi ko'pincha o'smirlik yoshida uchraydi. Bunda bemor organizmida me'da osti bezi hujayralari insulin ishlab chiqara olmaydi va ularni davolashda qand miqdorini pasaytirish maqsadida insulin preparatlari qo'llanadi


    72.Qandli diabet kasalligining 2-turi haqida malumot bering
    Qandli diabetning 2turida me'da osti bezi orolcha hujayralaridan insulin ishlab chiqarish saqlanib qoladi, bunda qon tarkibidagi insulin miqdori me'yorida yoki undan sal yuqoriroq bo'ladi.
    Biroq, to'qimalarning insulinga nisbatan sezgirligi keskin pasayishi tufayli to'qimalar tomonidan glyukozani o'zlashtirish hamda foydalanish kamayadi va u qon tarkibida to'planib qoladi, natijada qonda qand ko'payib, siydik bilan chiqib turadi. Diabetning bu turi bilan, asosan, o'rta va keksa yoshdagilar kasallanadilar


    73.Qondagi qand miqdori haqida malumot bering.
    • Sog'lom insonda qondagi qand miqdori normasi 3.3 mmol/l - 5.5 mmol/l gacha
    • Prediabet holatda qondagi qand miqdori 5.5 mmol/l dan -6.5 mmol/l gacha
    Giperglikemiya holatda qondagi gand miqdori 7 mmol/l dan yuqori bo'ladi
    Gipoglikemiya holatda qondagi qandagi qand miqdori 3.3 mmol/Idan tushib ketadi


    74.Giperglikemiya va Gipoglikemiya haqida tushuncha bering?
    • Qon tarkibidagi qand miqdorining me'yoridan ortib ketish holati giperglikemiya deb ataladi.
    • Qon tarkibidagi qand miqdorining kamayib ketish holati gipoglikemiya deb ataladi.
    75.Gipoglikemiya alomatlari haqida malumot bering
    Gipoglikemiya alomatlari:
    titrash, bosh aylanishi;
    terlash;
    o'ziga xos bo'lmagan xatti-harakatlar qilish yoki tirishish;
    qorin ochishi;
    bosh og'rig'i;
    sababsiz ko'z yoshlanishi;
    diqqatni yig'ib olishning qiyinlashishi;
    ko'z oldi qorong'ilashishi;
    rang oqarishi;
    og'iz atrofida sanchiq hissi;
    kayfiyatning birdan o'zgarishi;
    ko'rishning yomonlashishi



    Download 350,34 Kb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




    Download 350,34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qandli diabet kasalligining necha turi bor

    Download 350,34 Kb.