|
Qarshi davlat unversiteti tibbiyot fakulteti tibbiy kimyo oraliq savollariga javoblar qarshi -2023
|
bet | 19/22 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 350,34 Kb. | | #229858 |
Bog'liq Tibbiy kimyo javoblari65.Fibrinoliz nima
Qonning ivishi jarayonida, ya’ni uning agregat holati o'zgarishida elektro'tkazuvchanlik o'zgaradi. Qonda fibrin (qon iviganida hosil bo'ladigan
erimaydigan ferment) va qon quyqasi hosil bo'lsa elektro'tkazuvchanlik kamayishga boshlaydi. Elektr o'tkazuvchanlik kamayishi retraksiya (qisqarish, ichga tortish, g'ujlashish) va fibrinoliz (ferment ta’sirida fibrinning parchalanishi), ya’ni quyqada zardob ajralib, quyqa erishi boshlanguncha davom etadi. Erish boshlanishi bilan elektro'tkazuvchanlik orta boshlaydi.
66.Fibrin nima
Fibrin (qon iviganida hosil bo'ladigan
erimaydigan ferment)
67.Uremiya nima
Orqa miya kasalliklari rivojlanishida qon tarkibini tashkil qiluvchi moddalarning
ba’zi birlarining konsentratsiya ko’rsalkichlari ko'tariladi. Bunday holatda ivigan qonning elektro'tkazuvchanligi o'pka yallig`lanishi, diabet, ketonuriya, uremiya (azot chiqindilarining organizmda to'planib qolib, uning zaharlanishi) va jigar yallig'lanishlarida ham kamayadi.
68.Elektr tokini yaxshi o’tkazadigan organlar
Orqa miya suyuqligi, limfa, o‘t (safro), qonning elektr o‘tkazuvchanligi juda yuqori; mushak, teri osti kletchatkasi, bosh miyaning kul rang moddasi ham elektr tokini yaxshi o‘tkazadi. O‘pka, yurak, jigar elektr tokini birmuncha kam
199o‘tkazadi. Yog‘, nerv, suyak, asab to‘qimalaridan tok juda kam o‘tadi. Teri
(shox qavati) elektr tokini hammadan kam o‘tkazadi. Quruq epidermis elektr tokini deyarli o‘tkazmaydi.
69.Konduktometrik titrlash haqida malumot.
Konduktometrik titrlash usuli indikatorlarni qo‘llanib bo‘lmaydigan loyqa yoki rangli eritmalarni tekshirishda katta ahamiyatga ega. Bu usul kislota (yoki asos) lar eritmalarida yaxshi elektr o‘tkazuvchanlikka sabab bo‘ladigan juda harakatchan H+ (yoki OH- ) ionlarining ishtirok etishiga asoslangan. Titrlashda neytrallanish reaksiyasi ro‘y beradi va bu ionlar o‘rniga eritmada bir qadar kam
harakatchanlikka ega bo‘lgan tuz ionlari to‘planadi.
|
| |