|
Qandli diabetning yuzaga kelishiga sabab bo’luvchi omillar?
|
bet | 21/22 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 350,34 Kb. | | #229858 |
Bog'liq Tibbiy kimyo javoblari76.Qandli diabetning yuzaga kelishiga sabab bo’luvchi omillar?
Qandli diabetning yuzaga kelishiga sabab bo`luvchi omillar
Ortiqcha vazn;
Irsiy moyillik, chunki kasallikka chalingan bemorlarning 9%ida diabet bilan og`rigan qarindoshlar bor;
Noto'g'ri ovqatlanish tarkibi (ovqatlanish ratsionida uglevodlarning ko'pligi);
Diabetogen dori vositalarini qabul qilish (glyukokortikoid gormonlar,);
Yurak-qon tomir kasalliklarining mavjudligi.
Kasalliklar. Insulin ishlab chiqarish uchun javobgar beta hujayralarini shikastlanishiga olib keluvchi kasalliklar. Ularga pankreatit, me’da osti bezi saratoni, boshqa endokrin bezlar kasalliklari kiradi.
77.Poligafiya Poliureya nima malumot bering?
Doimiy ravishda og’izning quruqligi, doimiy chanqoq, ba'zida bemor kuniga yetti litrdan o'n litrgacha suv ichishi mumkin;
ko'p va tez-tez siyish (poliuriya);
ishtahaning oshishi (polifagiya);
78.Qandli diabet kasallik belgilarini sanang?
doimiy ravishda og’izning quruqligi, doimiy chanqoq, ba'zida bemor kuniga yetti litrdan o'n litrgacha suv ichishi mumkin;
ko'p va tez-tez siyish (poliuriya);
ishtahaning oshishi (polifagiya);
terining, yumshoq to`qimalarning achishishi/qichishi/quruqligi, teri va yumshoq to’qimalarda yiringli yarachalar paydo bo’lishi;
kuchli charchoq, uyqusizlik, jismoniy va aqliy faoliyatning pasayishi;
ko'rish qobiliyatining yomonlashishi;
Agar kasallik uzoq vaqt davom etsa, u holda osteoporoz rivojlanishi mumkin (suyak to'qimasi yemiriladi), bo'g'imlarda, suyaklarda og'riqlar bo`lishi, bo`g`imlar va umurtqalar chiqishi va surilishi mumkin, ba'zida bunday holatlar nogironlikka olib keladi
79.Insulin terapiyasi haqida malumot bering?
Insulin faqat qon va siydikdagi glyukoza miqdorini ehtiyotkorlik bilan nazorat qilish ostida qo'llaniladi. Insulinlar uch xil bo'ladi: qisqa muddatli, uzoq muddatli va o'rta ta'sirli. Uzoq muddatli ta'sir qiluvchi insulin kuniga bir marta yuboriladi, odatda ta'sirni kuchaytirish va kasallikni to'liq qoplash uchun boshqa ikkita turdagisi ham buyuriladi.
Insulin dozasini oshirib yuborilishi gipoglikemik koma kabi hayot uchun xavfli vaziyatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun insulinni qo'llashda faqat shifokorning ko'rsatmalariga amal qilish va ulardan chetga chiqmaslik lozim.
|
| |