• 45.Difill moddalar
  • Qarshi davlat unversiteti tibbiyot fakulteti tibbiy kimyo oraliq savollariga javoblar qarshi -2023




    Download 350,34 Kb.
    bet14/22
    Sana13.05.2024
    Hajmi350,34 Kb.
    #229858
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
    Bog'liq
    Tibbiy kimyo javoblari

    44.Absorbsiyaga misol.
    Fazalar chegarasida moddalar konsentratsiyasining ichkari hajmidagiga
    nisbatan o‘zgarishiga adsorbsiya deyiladi. Birinchi marta ko‘mirda gazlarni adsorbsiyalash qobiliyati borligini 1777 yilda D. Fontana topgandir. Keyinchalik ko‘mirni bu xossasidan eritmalarni tozalashda T.E.Lovits foydalandi.
    Boshqa moddalarni o‘ziga yutish (adsorbsiyalash) qobiliyatiga ega bo‘lgan moddalar adsorbentlar deyiladi. Yutilgan ya’ni adsorbsiyalangan
    modda adsorbtiv deb yuritiladi. Agarda sirtda boshlangan yutilish adsorbent ichiga tomon davom etsa bunday jarayonga absorbsiya deyiladi. Gazlarning suyuqliklarda erishi absorbsiyaga misol bo‘ladi. Bundan shuni hulosa qilishimiz
    mumkinki, adsorbsiya - sirt, absorbsiya esa hajm hodisasidir. Agarda yutilish natijasida kimyoviy reaksiya sodir bo‘lsa bunday jarayonga xemosorbsiya deyiladi. Xemosorbsiya sirtda ham, hajm bo‘ylab ham borishi mumkin.
    Xemosorbsiyaga misol qilib CO2 ni CaO ga yutilishini keltirishimiz mumkin:
    CaO + CO2 = ↓CaCO3
    Xemosorbsiyada yangidan hosil bo‘ladigan molekulalar adsorbent moddaning ichiga diffuziyalanadigan bo‘lsa, sorbsion muvozanat birmuncha sekin sodir bo‘ladi, chunki u diffuziya tezligiga bog‘liqdir.


    45.Difill moddalar.
    Bir vaqtning o‘zida ham qutbli ham qutbsiz guruxlar tutgan moddalarga difil
    moddalar deyiladi. Difil moddalarga misol qilib amil spirtini keltirishimiz mumkin



    46.Dyuklo Traube qoidasi.
    Dyuklo-Traube qoidasiga binoan uglevodorod radikalini bitta metilen guruxiga ortishi moddaning sirt tarangligini kamaytirish qobiliyatini 3-3,5 marotaba orttiradi. Masalan: moy kislota CH3(CH2)2 –COOH valerian kislotaga CH2- (CH2)3 - COOH nisbatan 1 ta metilen guruxga kamligi bilan farqlanadi.
    Ana shu ikkala kislotani sirt faolligini solishtiradigan bo‘lsak valerian kislotasiniki moy kislotaga nisbatan 3,2 marta ortiqdir. Sirt aktiv moddalar fazalar orasidagi sirt taranglikni kamaytirganligi sababli tirik organizmlarda
    boradigan fiziologik jarayonlarda katta ahmiyatga ega. Biologik suyuqliklar
    suvga nisbatan ancha kam sirt taranglikga ega . Shuning uchun ham sirt faol moddalar (CFM) (yog‘ kislotalar) hujayra membranalari devorida yig‘ilishi natijasida ularning va boshqa moddalarning shu membranalardan o‘tishi
    osonlashadi.



    Download 350,34 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




    Download 350,34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qarshi davlat unversiteti tibbiyot fakulteti tibbiy kimyo oraliq savollariga javoblar qarshi -2023

    Download 350,34 Kb.