|
Furan va uning tibbiyotdagi ahamiyati
|
bet | 3/22 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 350,34 Kb. | | #229858 |
Bog'liq Tibbiy kimyo javoblari5.Furan va uning tibbiyotdagi ahamiyati
Furan tarkibida bitta (kislorod) geteroatom saqlovchi besh a'zoli geterohalqali birikmadir. Furan rangsiz xloroform hidiga ega bo'lgan suyuq modda.
Furan xossalari jihatidan pirrolga o'xshash. Pirrol kabi furan molekulasi ham atsidofob xossaga ega. Furan o'zi tibbiyotda ishlatilmaydi, uning hosilasi bo'lgan furfurol (furan-2-karbaldegid)ning turli xil hosilalari tibbiyotda dorivor modda sifatida ishlatiladi. Furfurolning 5-nitrohosilalari furatsilin va furazolidon kuchli bakteritsid xossaga ega.
6.Pirrol pirrolidin 3 pirrolidin birikmalarini yozing.
Pirrol kuchli qaytaruvchi ta'sirida (HI) qaytarilganida pirrolin va pirrolidinlarni hosil qiladi:
7.Pirrol galogenlanish reaksiya mexanizmini yozing va u haqida nomlang.
8.Porfin
Tetrogidropirrol birikmalari makrotsiklik halqaga ega bo'lib, porfin yadrosini hosil qiladi.
Porfin hosilalaridan porfirinlar barqaror aromatik sistemalardir. Porfirinlarga gemoglobin tarkibiga kiruvchi protoporfirinlar misol bo'la oladi.
Ular molekulasidagi pirrol yadrolari o'rinbosar sifatida metil, vinil va ẞ-karboksietil guruhlarni saqlaydi. Porfirinlar tabiatda metallar bilan kompleks holida uchraydi.
Masalan, porfirinning magniyli kompleks birikmasi xlorofilln-ing asosi hisoblanadi. Temir II bilan hosil qilgan kompleks birikma si gem deb ataladi.
O'zida porfirin halqasi saqlovchi dorivor modda- larga vitamin B12, kiradi. Vitamin B12, (sianokobalamin) organizmda qon ishlab chiqishda qatnashadi. Vitamin B12 da kobalt (III) ioni to'rtta pirrol yadroning azot atomi bilan bog'langan, beshinchi va oltinchi ligand vazifasini sianid ion va benzimidazol geterohalqasining azot atomi bajaradi
9.Bilirubinoidlar
Gemoglobin va tarkibida gem saqlovchi oqsillarning biologik oksidlanishi mahsulotlaridan biri chiziqsimon tetrapirrol saqlovchi moddalardir, ular bilirubinoidlar deyiladi.
Bilirubinoidlar ichida eng ahamiyatlisi bilirubin- zarg'aldoq rangga ega boʻlib, safro tarkibiga kiradi. Sariq kasallikda gem saqlovchi moddalar ko'plab parchalanadi va oqibatda qonga ko'plab bilirubinlar ajralib chiqadi. Natijada teri qoplamalarining sarg'ayib ketishi kuzatiladi.
|
| |