• 15.Gistotsid hujayra va gistamin haqida malumot.
  • 16.Antigistamin preparatlarini sanang. 17.Pirazol va uning tibbiyotdagi ahamiyati.
  • Gistidin aminokislota haqida ahamiyati




    Download 350,34 Kb.
    bet5/22
    Sana13.05.2024
    Hajmi350,34 Kb.
    #229858
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
    Bog'liq
    Tibbiy kimyo javoblari

    14.Gistidin aminokislota haqida ahamiyati.
    Tarkibida imidazol qoldig'i saqlovchi biologik faol moddalarga misol tariqasida gistidin aminokislotasini keltirish mumkin:

    Bu aminokislota piridin azoti hisobiga gemdagi temir bilan birikib, uning oksidlovchilik va qaytaruvchilik xossalarini ta'min- lashda ishtirok etadi. Bundan tashqari, uning dekarboksillangan mahsuloti gistamin biogen aminlar turkumiga mansubdir.
    Gistamin qon tomirlarini kengaytirib, u yerga ko'plab leykotsitlar kelishini ta'minlaydi va oshqozon shirasi sintezini kuchaytiradi.
    15.Gistotsid hujayra va gistamin haqida malumot.
    Normal holatda gistamin maxsus hujayra (gistiotsit)larning tarkibiy qismi sifatida saqlanadi va oddiy hollarda organizmga zarar yetkazmaydi. Allergiya hurujida esa qonga ajralib chiqadi. Turli to'qimalarda uning miqdori turlicha. Ma'lumki teri, bronxlar, ovqat hazm bo'lish yo'llari to'qimalarida uning miqdori katta bo'ladi. Aynan shu a'zolar allergiya hurujiga moyilligi yuqori bo'ladi.
    Erkin gistamin juda katta faolik- ka ega: u silliq mushaklarni spazm holatiga keltiradi (shu jumladan, bronxlar mushaklarini), ingichka qon tomirlarining kengayishiga va arterial qon bosimining pasayishiga, to'qimalarda shishlar hosil bo'lishi- ga, teriga toshma sochilib ketishiga olib keladi. Shuningdek, organizmda adrenalin miqdori ko'payib, arteriolalar torayadi, yurak urushi tez- lashadi va oshqozon shirasi ajralishi kuchayadi.
    Gistaminning bir qancha miqdori markaziy asab sistemasi- da bo'lib, taxminlarga ko'ra neyromediatorlik vazifasini o'taydi. Shuning uchun ham gistaminning ba'zi bir lipofil antagonistlari markaziy gistamin retseptorlarini blokirovka qilib qo'yadi.


    16.Antigistamin preparatlarini sanang.
    17.Pirazol va uning tibbiyotdagi ahamiyati.
    Pirazol - tarkibida ikkita geteroatom saqlovchi besh a'zoli geterohalqali birikma.
    Pirazol molekulasida ikkita geteroatom yonma-yon joylashgan. U amfoter xossaga ega va pirrol singari as- sotsiatlar hosil qiladi. Tabiatda uning hosilalari mavjud emas. Bu geterohalqali birikma asosida og'riqni qoldi- ruvchi (analgetik) dorivor moddalar olingan.



    Download 350,34 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




    Download 350,34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gistidin aminokislota haqida ahamiyati

    Download 350,34 Kb.