|
Arilgelogenidlardan metall-organik birikmalar olish
|
bet | 54/100 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 7,78 Mb. | | #156402 |
Bog'liq portal.guldu.uz-“ORGANIK KIMYО ”Arilgelogenidlardan metall-organik birikmalar olish.
Aromatik qatorning brom yoki yodli hosilasiga metall ta`sir ettirib, Grinyar reaktivi olish mumkin:
fenilmagniybromid
Xlorbenzol va arilxloridlarning reaksiyaga kirishish xususiyati kuchsiz bo`lgani uchun, xlor ikkinchi aktiv galogenid, masalan: etilbromid ishtirokidagina magniy bilan reaksiyaga kirishadi.
Grinьyar treaktivi yordamida spirt olinadi:
Shuning uchun Grinyar reaktivi organik sentizlardi ko`p ishlatiladi.
Nazorat savollari:
1. Arilgalogenidlarni qanday usullar bilan olish mumkin.
2. Yon zanjirida galogen bo`lgan aromatik birikmalar olish.
3. Arilgalogenidlarning fizik va kimyoviy xossalari.
4. Arilgalogenidlardan metall-organik birikmalar olish.
5. Toluol va boshqa zarur reagentlardan foydalanib, quyidagi birikmalarni sintez qiling.
6. Uchlamchi-butilbenzolni nitrat kislota ishtirokida yodlash reaksiyasi mahsulo-tini nomlang.
7. Propilbenzolni yon zanjirini xlorlash reaksiyasi mexanizmini yozing.
8. Xlorbenzolni kons. sul'fat va nitrat kislotalar bilan reaksiyasi mahsu-lot(lar)ini yozing va va nomlang.
16-Mavzu. Alkanollar, gamologik qatori, nomlanishi, olinish usullari. Tuzilishi, izomeriyasi, fizikaviy va kimyoviy xossalari. Oddiy efirlar. ishlatilishi.
Maqsad. Bir atomli spirtlarni va oddiy efirlarni nomlanishi, laboratoriya va sanoatda olinishi, fizikaviy va ximiyaviya xossalarini o`rganish.
Reja
1. Spirtlarning gamologik qatori, nomlanishi, izomeriyasi.
2. Spirtlarning olinishi.
3. Spirtlarning fizikaviy va ximiyaviy xossalari.
4. Oddiy efirlar nomlanishi, izomeriyasi, ishlatilishi.
Uglevodorodlarning tarkibida gidroksil gruppa bo`ladigan hosilalari spirtlar yoki alkogollar deyiladi, Molekulasidagi gidroksil gruppaning soniga qarab spirtlar bir atomli, ikki atomli, uch atomli va ko`p atomli bo`ladi. Bir atomli to`yingan spirtlar
СпН2n+1OH yoki СпН2л+2О
umumiy formulaga ega gomologik qatorni hosil qiladi. Bu qatordagi spirtlarning ximiyaviy xossalari o`zaro o`xshash bo`lib, ularning tarkibi bir-biridan bir yoki bir necha CH2 gruppaga farq qiladi. Gidroksil gruppaning birlamchi, ikkilamchi yoki uchlamchi uglerod atomi bilan bog`langanligiga qarab spirtlar birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi buladi:
Birlamchi Ikkilamchi Uchlamchi
spirt spirt spirt
Birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi spirtlar o`z xossalari, ayniqsa, oksidlanish reaksiyalariga bo`lgan munosabatlari bilan bir-biridan farq qiladi.
|
| |