|
Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya
|
bet | 57/100 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 7,78 Mb. | | #156402 |
Bog'liq portal.guldu.uz-“ORGANIK KIMYО ”Ximiyaviy xossalari. Spirtlarning kislotali xossalari. Spirtlar neytiral moddalar bo`lib, yaqqol ifodalangan kislota va asos xossalariga ega emas. Spirtlar va ularning suvdagi eritmalari elektr tokini sezilarli darajada o`tkazmaydi, indikatorlarga deyarli ta'sir qilmaydi. Lekin spirtlar ma'lum darajada amfoter xossalarini namoyon qiladi. Yuqorida ko`rsatilganidek, spirtlar kuchli kislotalar bilan reaksiyaga kirishganda kislotaning protonini biriktirib protonlangan spirt yoki alkiloksoniy ionini hosil qiladi
Bu reaksiyada spirt protonni biriktirib olganligi uchun asos xossalarini namoyon qiladi. Endi spirtlarning kislotali xossalari namoyon bo`ladigan ayrim reaksiyalarni ko`rib chiqamiz.
Spirtlarga ishqoriy metallar ta'sir ettirilganda vodorod ajralib chiqib, alkogolyatlar hosil bo`ladi:
2R—OH+2Na 2RO~Na++Hs t
Metil spirtdan hosil bo`ladigan alkogolyatlar- metilatlar, etil spirtdan hosil bo`ladigan alkogolyatlar etilatlar, n-propil spirtdan hosil bo`ladiganlari n-propilatlar va h. k. deb aytiladi. Alkogolyatlar alkoksidlar deb ham yuritiladi.
Spirtlarga galogenid kislotalarning ta'siri. Reaksiya quyidagi umumiy tenglama bilan boradi:
R—OH+HHal R—На1+Н2О
Reaksiya qaytar bo`lganidan uni amalga oshirish uchun spirtga to`yinguncha quruq vodorod galogenidlar yuboriladi yoki spirt galogenid kislotaning konsentrlangan eritmasi bilan qizdiriladi. Ba'zan vodorod bromid o`rniga uning tuzi (NaBr, KBr) bilan konsentrlangan sul'fat kislota olinadi. (ajralib chiqayotgan HBr aktiv ta'sir qiladi):
КBr + H2 SO4 KHSO4 + HBr
ROH+HBr R-Br+H2O
Spirtning tuzilishi va galogenid kislotalardagi galogenlarning tabiatiga qarab, reaksiya tezlngi turlicha bo`ladi. Galogenid kislotalarning reaksiyaga kirishish qobiliyati quyidagi tartibda kamayadi:
HI>НВг>НС1
Gidroksilning xlorga almashinishi, ayniqsa, birlamchi va ikkilamchi spirtlarda, ko`pincha suvni tortib oluvchi moddalar (ZnCl2, Na2SO4, CaCl2, H2SO4) ishtirokida olib boriladi. Reaksiyaga kirishish qobiliyati kichik bo`lgan HCI birlamchi ikkilamchi spirtlar bilan faqat ZnC12 ishtirokida qizdirilganda reaksiyaga kirishishi mumkin. Uchlamchi spirtlarda OH gruppa galogenlarga eng oson, ikkilamchilarda qiyinroq, birlamchilarda esa eng qiyin almashinadi.
|
| |