|
Olinishi. Umumiy usullardan biri alkogolyatlarga galogen alkillar ta'sir ettirib olinadi:
R - O Na + R`I = R - O - R` + NaI
Kimyoviy xossalari
|
bet | 59/100 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 7,78 Mb. | | #156402 |
Bog'liq portal.guldu.uz-“ORGANIK KIMYО ”Olinishi. Umumiy usullardan biri alkogolyatlarga galogen alkillar ta'sir ettirib olinadi:
R - O Na + R`I = R - O - R` + NaI
Kimyoviy xossalari. Efirlar oddiy sharoitda reaksiyaga kirishmaydigan barqaror moddalardir.
Ular ishqor va suyultirilgan kislotalar ta'sirida o`zgarmaydi.
Oddiy efir konsentirlangan yodid kislota ta'sirida spirt bilan galogen alkilga parchalanadi:
R - O - R` + HI = R - O - H + R`I
Agar shu reaksiya qizdirish bilan olib borilsa, ikki molekula galogen alkil hosil bo`ladi:
R - O - R` + 2HI = R I + R`I + H2O
Bu reaksiya analitik kimyoda - OCH3 va -OC2H5 funksional guruxlarini aniqlashda ishlatiladi.
Xulosa. Bugun darsimizda bir atomli spirtlarni va oddiy efirlarni gamologik qatori, ratsional va sistematik nomenklatura bo`yicha nomlanishi, izomeriyasi, laboratoriyada va sanoatda olinishi, fizikaviy va ximiyaviy xossalari, kislotalik, asoslik xossalari, oksidlanish, qaytarilish reaksiyalari, degidratlanishi hamda ishlatilishi haqida qisqacha ma'lumotga ega bo`ldingiz. Keyingi darslarimizda ko`p atomli spirtlar, fenollar va ularning birikmalari haqida tushunchaga ega bo`lasiz.
Nazorat savollari:
Qanday birikmalarga spirtlar deb aytiladiq
Spirtlarning nomenklaturasi va izomeriyasi.
C4H9OH spirtning izomerlaiini yozing va sistematik nomenklatura bo'yicha
nomlang.
To'yingan bir atomli spirtlar qanday olinadiq
Bir atomli to'yingan spirtlarning fizik va kimyoviy xossalarini aytib
bering.
Birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi spirtlar qaysi reaksiyalar orqali
aniqlanadiq
Spirtlar xalq xo'jaligining qaysi sohasida ishlatiladiq
Qanday birikmalarga ko'p atomli spirtlar deb aytiladiq
Etilenglikol qanday olinadi, formulasini yozing.
Etilenglikol va glitserinlaming fizik xossalarini ta'riflab bering.
Ikki va uch atomli spirtlarning ishlatilishi.
12. C5H12O tarkibli spirtning izomerlari soni nechta.
13. C6H14O tarkibli spirtlarning izomerlarini sistematik nomenklatura bo`yicha nomlang.
14. Quyidagi spirtlarning tuzilish formulalarini yozing:
1)izoamil spirti, 2) allil spirti, 3) 2-metilgeksanol-3, 2,3-dimetilbutanol-2.
15. Litiyorganik birikma yordamida propil spirtini sintez qiling. Reaksiya tenglamasini yozing.
16. Quyidagi birikmalar kislotali muxitda suv bilan reaksiyaga kirishganda qanday spirtlar hosil bo`ladi: 1) izobutilen, 2)2-metilpenten-2, 3) propilen, 4) 2-metilbuten-2.
17. 2-Metilbutanol-1 dan 2-metilbutanol-2 ni sintez qiling.
18. C6H14O tarkibli oddiy efirning izomerlarini yozing va sistematik nomenklatura bo`yicha nomlang.
19. Dietil efirning olinish usullarini yozing.
20. Quyidagi to`yinmagan spirtlarni sistematik nomenklatura bo`yicha nomlang:
1. CH3-CH=CH-CH2-CH2OH
2. CH3-C(CH3)=CH-CH2CH2OH
3. CH3-CH=CH-CH(CH3)-CH2OH
21. Allil spirti, butandiol-1,3, geksantriol-1,3,4 larning tuzilish formulalarini yozing.
22. Glitserinning nitrolash reaksiyasini yozing va hosil bo`lagan moddani nomlang.
23. Glitserin Cu(OH)2 bilan reaksiyaga kirishganda qanday kompleks birikma hosil bo`ladi. Reaksiya tenglamasini yozing.
24.
ning PCl3 bilan reaksiya tenglamasini yozing. Dastlabki va hosil bo`lgan moddani nomlang.
25. Etilenglikolning sirka kislotasi bilan sul'fat kislota ishtirokida boradigan reaksiyasini yozing.
17-Ma`ruza: Fenollar va aromatik spirtlar, bir atomli fenollar, nomlanishi, izomeriyasi, tuzilishi, olinishi, ikki atomli va ko’p atomli fenollar, olinishi, xossalari, ishlatilishi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Olinishi. Umumiy usullardan biri alkogolyatlarga galogen alkillar ta'sir ettirib olinadi:
R - O Na + R`I = R - O - R` + NaI
Kimyoviy xossalari
|