• Fizikaviy xossalari.
  • Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya




    Download 7,78 Mb.
    bet56/100
    Sana14.02.2024
    Hajmi7,78 Mb.
    #156402
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   100
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-“ORGANIK KIMYО ”

    Sanoatda olinishi. Metil spirtini birinchi bo`lib, yog`och sanoatida chiqindi hisoblangan qipiqni quruq haydab olingan.
    Haydash natijasida yonuvchan gaz (CO, CO2, CH4, H2)lar va suyuq qism(sirka kislota, metil spirt, atseton) ajralib chiqadi. Suyuq qismni ikkinchi marta fraksiyalarga bo`lib haydab metil spirti ajraladi.
    Hozirgi vaqtda sanoatda metil spirtni 90% is gazi bilan vodorod aralashmasini yuqori temperetura va bosim ostida Rux oksidi katalizatori ishtirokida olinadi:

    Etil spirtini qadimda uzum suvlarini bijg`itishda hosil bo`lgan vinoni haydab olingan, shuning uchun ham vino spirti deyiladi.
    Sanoatda etil spirt neftni qayta ishlash sanoatida chiqindi hisoblangan etilendan sintez qilinadi. Yog`och (selyuloza) ishlab chiqarish korxonalarining chiqindilaridan va go`zapoyani ham gidroliz yo`li bilan ko`p miqdorda spirt olinadi. Bu spirt gidroliz spirti deyiladi. Shu bilan birga kraxmalli mahsulotlarni bijg`itish bilan fermentlar amilaza, maltoza ishtirokida quyidagi sxema bo`yicha olinmoqda.
    2(С6 Н10О5)n + n H2O nC12H22O11
    C12H22O11+ H2O 2C6H12O6
    C6H12O6  C2H5OH + 2CO2
    Fizikaviy xossalari. Spirtlarning fizikaviy xossalari gomologik qatorda ma'lum tartibda o`zgaradi.
    Gomologik qatorda spirtlarning molekulyar massasi ortib borishi bilan ularning qaynash va suyuqlanish temperaturalari, hamda zichligi asta-sekin oshib boradi. Metil, etil, propil va uchlamchi butil spirtlar suvda cheksiz eriydi. n-butil spirtdan boshlab gomologik qatorda yuqori pog`onaga ko`tarilgan sari spirtlarning suvda eruvchanligi keskin kamayadi. Quyi spirtlar o`ziga xos hidga ega. Gomologik qatordagi o`rta spirtlar o`tkir hidli, yuqori spirtlar esa hidsizdir,
    Spirtlarning organizmga ta'sir kuchi ularning molekulyar massasi oshishi bilan kamayadi. Normal spirtlar tarmoqlangan zanjirli spirtlarga nisbatan ancha yuqori temperaturada qaynaydi. Uglerod atomlari soni bir xil bo`lgan birlamchi spirtlar ikkilamchi spkrtlarga nisbatan, ikkilamchi spirtlar esa uchlamchi spirtlarga nisbatan yuqori temperaturada qaynaydi Spirtlar molekulyar massalari yaqin bo`lgan tegishli uglevodorodlar va hatto galoidli alkillarga nisbatan kam uchuvchap bo`lib, suvda yaxshn eriydn, qaynash temperaturalari ancha yuqoridir. Masalan molekulyar massasi 58 u. b, ga teng n-butan 0,5°C da. molekulyar massasi 54,5 u.b. ga teng etil xlorid 12,4°C da, molekulyar massasi -60 u.b, ga tepg.n-propil spirt 970C da qaynaydi. Molekulyar massalari yaqin bo`la turib, spirtlarning uglevodorodlar va galoidli alkillarga nisbatan bunday yuqori temperaturalarda qaynashiga sabab nimaq Buning asosiy sababi spirtlarning molekulalari assotsilangan bo`lib, ular o`rtasida vodorod boglanish mavjudligidir.
    Spirtning gidroksil gruppasidagi vodorod atomi qisman musbat, kislorod atomi esa manfiy zaryadlangan. Chunki kislorod bilan vodorod o`rtasidagi elektron bulutining zichligi elektromanfiy kislorod tomonga siljigan. Demak, OH gruppa qutblangandir. Shuniig uchun ham spirtlar molyokulalaridagi vodorod atomlari Bilan kislorod atomlari o`rtasida o`zaro elektrostatik ta'sirlashuv, ya'ni tortishuv vujudga keladi. Boshqacha aytgaida, molekulalararo vodorod atomi orqali bog`lanish vodorod bog`lanish vujudga keladi;
    (Multimediya Sh 08)

    Download 7,78 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   100




    Download 7,78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya

    Download 7,78 Mb.