|
Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya
|
bet | 55/100 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 7,78 Mb. | | #156402 |
Bog'liq portal.guldu.uz-“ORGANIK KIMYО ”Nomenklaturasi. Tarixiy nomenklaturaga ko`ra spirtlarning nomi OH-gruppa bilan bog`langan uglevodorod radikallari nomiga spirt so`znni qo`ushish orqali hosil qilinadi. Ratsional nomenklaturaga ko`ra spirtlarning nomi ularda ishtirok etayotgan alkillarning nomiga "Karbinol" so`zini qo`shish bilan hosil qilinadi. Sistematik nomenklaturaga asosan spirtlarning nomi tegishli to`yingan uglevodorodlarning nomiga - ol qo`shimchasini qo`shish "oriqali hosil qilinadi
va gidroksil boglangan uglerod atominyng nomeri ko`rsatiladi. Nomerlash OH gruppaga yaqin tomondan boshlanadi. Agar uglevodorod radikallari va OH gruppa zanjirning ikkala uchidan bir xil uzoqlikda joylashgan bo`lsa, OH gruppa eng kichnk nomerni oladi. Zanjirdagi OH-gruppanipg xolati raqam bilan spirt nomining oldiga yoziladi, masalan:
CH3OH metil spirt
Karbinol
metanol
CH3- CH2OH etil spirt
Metil karbinol
etanol
Tarixiy, ratsional va sistematik nomenklaturalardan tashqari ba'zi spirtlar uchun empirik nomlar ham ishlatiladi. Masalan, metil spirt ko`pincha yog`och spirt, etil spirt vino spirti deb yuritiladi.
Izomeriyasi. Spirtlarda izomeriyaning ikki turi: uglerod skeletining izomeriyasi va gidroksil holatining izomeriyasi uchraydi. Spirtlar izomeriyasini butil spirt C4H9 ning izomerlari misolida qarab chiqamiz;
Olinishi. 1. Galoidli alkillar ishqorlarning suvdagi eritmalari bilan gidrolizlanganda spirtlar hosil bo`ladi:
R-X+NaOH R-OH+NaХ
Bunda ishqorlar reaksiyani tezlashtiradi va qaytmas qiladi
(mul'timediya Videos A4, A6, A7,Ch06,)
2. Etilen uglevodorodlarni gidratlash orqali ham spirtlar olinadi. Etilendan birlamchi, uning gomologlaridan esa ikkilamchi va uchlamchi spirtlar hosil bo`ladi.
Reaksiyalar alkenlarni H2SO4 H3PO4, ZnCl2 va boshqa katalizatorlar ishtirokida suv bilan qizdirish orqali olib boriladi.
3. Al'degid va ketonlarni aktivlangan Ni, Pt va Pd katalizatorlar ishtirokida vodorod, LiAlH4 va boshqa qaytaruvchilar bilan qaytarnsh orqali olinishi mumkin. Bunda al'degidlardan birlamchi, ketonlardan esa ikkilamchi spirtlar hosil bo`ladi:
propion al'degid n- propil spirt
metiletilketon ikkilamchi butil spirt
4. Al'degid va ketonlardan metallorganik birikmalar ta'sirida spirtlar sintez qilish
laboratoriyada keng qo`llaniladi. Bu usulda olingan spirtlarning uglevodorod skeleti dastlabki olingan al'degid va ketonlarning uglerod skeletiga nisbatan ancha murakkab tuzilgandir.
Magniyorganik birikmalarping al'degid va ketonlarga birikishidan tegishli
magniygaloidalkogolyatlar hosil bo`ladi. Ularni suv bilan parchalab spirt olinadi. Magniyorgank birikmalarning chumoli al'degid Bilan ta'sirlashuvidan birlamchi spirtlar hosil bo`ladi:
Magniyorganik birikmalar ketonlar bilan reaksiyaga kirishganda uchlamchn spirtlar hosil bo`ladi:
5. Murakkab efirlarni gidroliz qilish orqali ham spirtlar olish mumkin.
|
| |