• Oksidlanish reaksiyasi.
  • Ishlatilishi.
  • Oddiy efirlar
  • Degitratlanish reaksiyalari




    Download 7,78 Mb.
    bet58/100
    Sana14.02.2024
    Hajmi7,78 Mb.
    #156402
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   100
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-“ORGANIK KIMYО ”

    Degitratlanish reaksiyalari. Ikki molekula spirtni konsentirlangan sul'fat kislota ishtirokida qizdirilsa bir molekula suv ajralib chiqishi hisobiga oddiy efir hosil bo`ladi:
    1400С Н2­SO4
    С2Н5ОН + С2Н5ОН ------------- С2Н5О С2Н5 + Н2О
    Radikaldagi vodorod atomi, shu molekulalarning gidroksil guruxi bilan suv hosil qilishi hisobiga to`yinmagan uglevodorodlar hosil bo`ladi.
    1800С Н2­SO4
    СН3 – СН2 – ОН --------- СН2  СН2
    Degidrogenlash. Spirt bug`larini yuqori temperaturada (250-300 0C) Pt, temir yoki rux kukunlari ustidan o`tkazilsa, vodorod molekulasini ajratib chiqarish hisobiga birlamchi spirtlardan al'degid, ikkilamchi spirtlardan ketonlar hosil bo`ladi.

    Spirtlar yuqori temperaturada alyuminiy oksid katalizator ishtirokida ammiak bilan aminlar hosil qiladi:
    Al2O3 0C
    С2Н5ОН +NH3 --------- С2Н5NH2 + H2O
    Oksidlanish reaksiyasi. Birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi spirtlar bir xil sharoitda oksidlansa, birlamchi spirtlardan aldegidlar, ikkilamchi spirtlardan ketonlar hosil bo`ladi, uchlamchi spirtlar esa oksidlanmaydi. Ammo uchlamchi spirtlar kuchli oksidlovchilar ta'sirida oksidlansa, uglerodlar orasidagi bog` uziladi va spirtga nisbatan kichkina molekulalar hosil bo`ladi:

    Ishlatilishi. Metil spirti asosan erituvchi sifatida lak va bo`yoq moddalar tayyorlashda, formal'degid olishda va har xil organik moddalar sintez qilishda xom ashyo hisoblanadi.
    Etil spirt sintetik kauchuk va bo`yoq moddalar ishlab chiqarishda, farmatsevtika sanoatida, dietil efir, etil xloridlarni olishda va parfumeriya sanoatida ko`p miqdorda ishlatiladi.
    Oddiy efirlar
    Umumiy formulasi R - O - R` bo`lgan kislorod saqlovchi organik birikmalarga oddiy efirlar deyiladi.
    Sistematik nomenklatura bo`yicha oddiy efirlarning nomi katta radikalni to`yingan uglevodorod deb qaralib, uning nomi oldiga ikkinchi kichkina radikalni (R - O alkaoksi gurux) nomi q`oshiladi.
    CH3 - O - C2H5 metoksietan, metiletil efir
    C2H5 - O - C2H5 etoksietan, dietil efir
    C2H5 - O - C4H5 etoksibutan, etil butil efir
    Efirlarda radikal izomeriyadan tashqari metamer izomeriya ham bo`ladi.

    Download 7,78 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   100




    Download 7,78 Mb.