|
Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya
|
bet | 60/100 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 7,78 Mb. | | #156402 |
Bog'liq portal.guldu.uz-“ORGANIK KIMYО ”Maqsad: Tarkibida benzol halqasi bo’lgan uglevodorodlar – fenollar va aromatik spirtlarning xossalari, olinishi, laboratoriya va ishlab chiqarishda ishlatilishi haqida umumiy ma’lumotga ega bo’lish.
Reja:
1. Fenollar va aromatik spirtlar.
2. Bir atomli fenollar, nomlanishi, izomeriyasi, tuzilishi, olinishi.
3. Ikki atomli va ko’p atomli fenolla, olinishi, xossalari, ishlatilishi.
Tayanch iboralar: gidroxinon, karbol kislota, pirokatexinning, pirogallol
Benzol halqasini tashkil etgan uglerod atomlarida gidroksil gruppa saqlagan birikmalar fenollar deyiladi. Fenollar gidroksil gruppa soniga qarab, bir atomli, ikki atomli va uch atomli fenollarga bo'linadi:
Fenol va uning gomologlari yog'och va toshko'mirni quruq hay-dalganda hosil bo'lgan smolalardan olinadi.
Fenol benzolsulfokislota tuzlariga yuqori temperaturada ishqor ta'sir ettirib olinadi:
Sanoatda fenol xlorbenzolni katalizator (mis tuzlari) ishtirokida o'yuvchi natriy eritmasi ta'sirida gidrolizlab olinadi.
Alkil benzollarni oksidlab gidroperoksidlar hosil qilinadi, so'ngra ular kislota ta'sirida fenol va asetonga parchalanadi.
izopropilbenzol
Ikki atomli fenollar quyidagi uch xil izomerga ega:
irokatexin rezorsin
(o-dioksibenzol) (m-dioksi-benzol)
Ishatilishi. Fenol ko'p mikroorganizmlarni o'ldiradigan modda. Tibbiyotda uning 3—5% li eritmasi (karbol kislota) dezinfeksiya vositasi sifatida ishlatiladi. 'pgina plastmassa va polimerlar olishda xomashyo hisoblanadi. Fenol asosida olingan preparat fenolftalein laboratoriyada indikator sifatida, tibbiyotda esa ichni yumshatuvchi
(surgi) dori sifatida ishlatiladi.
Pirokatexinning hosilalari — gvayakol, evgenol, izoevgenol va adrenalinlar tibbiyotda keng ishlatiladi. Gidroxinon va pirogallol fotografiyada ochiltirgich sifatida ishlatiladi.
Fizik xossalari. Fenol o'tkir hidli suvda yomon eriydigan, rangsiz kristall bo'lib, 42,3°C da suyuqlanib, 182°C da qaynaydi. U havoda turganda bir qismi oksidlanib kristall pushti, so'ngra qo'ng'ir rangga ega bo'ladi.
Fenol suvda eritilganda ikkita qatlam hosil bo'ladi: pastki qatlam — suvning fenolda erigan qismi, yuqori qatlam — fenolning suvda erigan qismi. Temperatura ostida bu ikki qatlam qo'shilib ketadi. Fenol temir (III) - xlorid bilan binafsharang hosil qiladi, shuning uchun bu reaksiya fenolning sifat analizida ishlatiladi.
|
| |