|
Jabrlanuvchiga birinchi yordam ko`rsatilgandan keyin uni medpunktga olib boriladi
|
bet | 68/100 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 7,78 Mb. | | #156402 |
Bog'liq portal.guldu.uz-“ORGANIK KIMYО ”8. Jabrlanuvchiga birinchi yordam ko`rsatilgandan keyin uni medpunktga olib boriladi.
ORGANIK MODDALARNI AJRATISH, TOZALASH VA FIZIK KONSTANTALARINI ANIQLASH USULLARI
Har bir talaba organik moddalarni olish, ajratish, tozalash ishlarini bajarishdan avval, laboratoriyada ishlash qoidalarini, ishlatiladigan idishlar va reaktivlarni, shuningdek erituvchilarning xossalarini yaxshi bilish kerak, bu esa ish jarayonida yuz berishi mumkin bo’lgan ko’ngilsiz xodisalarning oldini oladi.
Shunday qilib talaba ish boshlashdan oldin xalat kiyib, suv, elektr energiya va gaz borligini tekshirib, mo’rili shkafning ishlayotganligiga yig’ilgan asbobning to’g’riligiga ishonch xosil qilgandan so’ng tajriba boshlashi kerak.
Organik birikmalar tabiatda doimo harakatchan ekanligini va bir shakldan ikkinchi shaklga o’tib turishini tushungan holda, ularning kimyoviy o’zgarishlarini boshqaruvchi qonunlarni o’rganish va bilish lozim. Buning uchun organik moddalarni olish va tozalash usullarini o’rganish kerak.
Organik birikmalar asosan ikki hil usulda olinadi.
Tabiatda (o’simlik hayvonot olamida va h.k) to’plangan tayyor organik birikmalarni ekstraksiya qilish yo’li bilan olinadi.
Sintez yo’li bilan, bunda ikki yoki undan ortiq ma’lum moddalarning ta`sirlashishidan yangi organik birikmalar olinadi.
Yuqoridagi ikki usulda organik birikmalar aralshma holida ajratib olinadi.so’ngra ularni sof holda tozalab, ajratib olish uchun quyidagi usullardan foydalaniladi.
Haydash. Organik moddalarni ajratib olishda va tozalashda haydash usuli eng ko`p qo’llaniladigan usuldir. Bu usul qaynash temperaturasi turlicha bo’lgan suyuq moddalar aralashmasini bir-biridan ajratishda foydalaniladi. Haydash ikki hil sharoitda-oddiy sharoitda va past bosimda, ya`ni vakuumda olib boriladi.
Suyuq moddalar aralashmasi qaynash temperaturasida o’zgarmaydigan va parchalanmaydigan bo’lsa birinchi usul qo’llaniladi. Qaynash temperaturasigacha qizdirilganda parchalanib, o`zgarib ketadigan suyuq moddalar aralashmasini tarkibiy qismlarga ajratishda vakuumda haydash usulidan foydalaniladi. Bosim qancha kam bo`lsa, organik moddalar shuncha past temperaturada qaynaydi. Haydash uchun ishlatiladigan asbob 7-rasmda tasvirlangan bo`lib u yumaloq tubli kolba – Vyurs kolbasi, termometr, sovutgich, forshtos (alonj) va yig`gich kolbadan iborat.
Agar aralashmadagi suyuq moddalarning qaynash temperaturasi bir-biriga juda yaqin bo`lsa, u holda qo`shimcha deflegmator (4- a, b, v rasmlar) yoki rektifikatsion kolonkalardan foydalaniladi.
Haydashning yana bir usuli suv bug`i bilan haydashdir. Bu usulda maxsus qaynatgichdan chiqayotgan suv bug`i shisha naycha orqali modda aralashmasi solingan kolbadan o`tkaziladi, bunda suv bug`i o`zi bilan ayrim moddalarni olib chiqadi va sovutgichda kondensatlanib, yig`gich kolbaga yig`iladi. Bu usul kimyo sanoatida o`simliklardan efir moylarini, ko`mir smolasidan har xil mahsulotlarni va boshqa organik moddalarni sof holda ajratib olishda keng foydalaniladi.
|
| |