KIMYOVIY IDISHLARNI YUVISH




Download 7,78 Mb.
bet76/100
Sana14.02.2024
Hajmi7,78 Mb.
#156402
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   100
Bog'liq
portal.guldu.uz-“ORGANIK KIMYО ”

KIMYOVIY IDISHLARNI YUVISH
Tajriba uchun ishlatiladigan idishlar toza, quruq bo’lishi kerak. Uni vodoprovod suvi bilan maxsus tozalagich (ershik) yordamida yuviladi va bir necha marotaba suv bilan chayiladi. Agar idish nihoyatda iflos bo’lsa, suvga ozroq xlorid kislota solinadi yoki xromli aralashma (kaliy bixromat bilan kons sulfat kislotasi aralashmasi) bilan chayiladi. Yuvilgan idishni qurituvchi disqqa osib qo’yiladi. Agar idishni tez quritish kerak bo’lsa uni qurituvchi shkafga qo’yiladi. O’lchagich idishlarni ishlatib bo’lgan zaxotiyoq yuvib qo’yiladi. O’lchagich idishlarni qurituvchi shkafida quritib bo’lmaydi.
Kimyoviy idishlar nihoyatda toza bo’lishi kerak, bu shartni bajarmasdan turib ishlash mumkin emas. Shuning uchun idishni yuvish mukammal o’rganish va uni tozaligiga to’la ishonch hosil qilish kerak.
Idish yuvish usulini tanlashda har bir holatda quyidagilar zarur:

  1. Idishni ifloslantirgan moddalarni bilish;

  2. Ifloslikni suvda (issiq va sovuq), ishqor, har hil tuzlar va kislota eritmalarida eruvchanligidan foydalanish;

  3. Oksidlovchilarning xossalaridan foydalanish, ma’lum sharoitda organik va noarganik ifloslanishni oksidlab, eruvchan birikmalarga aylantirish;

  4. Yuvish vositasi sifatida sirt-faol xossasiga ega har qanday moddalardan foydalanish mumkin (sovun yuvuvchi vositalar, yuvuvchi gilmoyalar va x.k.)

  5. Idishni ifloslantiruvchi cho`kma barqaror bo`lsa undan tozalash uchun mexanik usullarni qo`llash mumkin.

  6. Yuvish uchun arzon kimyoviy reaktivlardan foydalanish maqsadga muvofiq.

  7. Idishlarni yuvishda baxtsiz xodisalar kuzatilishiga yo’l qo’ymaslik va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish kerak. Laboratoriyaning har bir xodimi texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishgan bo’lishi shart.

Idish devorlaridan ifloslikni har xil usullar bilan yo’qotish mumkin; mexanik, fizik, kimyoviy, fizik-kimyoviy yoki boshqa usullar.

Download 7,78 Mb.
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   100




Download 7,78 Mb.