|
Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya
|
bet | 73/100 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 7,78 Mb. | | #156402 |
Bog'liq portal.guldu.uz-“ORGANIK KIMYО ”Sintez rejasi
Ish rejasi to’rt qismga bo’linadi: 1) reaksiya uchun kerakli reaktivlar tayyorlash va asbob yig’ish; 2) reaksiyani o’tkazish; 3) hosil bo’lgan moddani reaksiyada hosil bo’lgan boshqa birikmalardan ajratib olish: 4) moddani tozalash.
Har qaysi qismda bajarilishi kerak bo’lgan operasiyalar batafsil yoziladi. Ishning har bir bosqichida ishlatiladigan moddalarning miqdori ko’rsatiladi. Eng muhimi xavfsizlik texnikasi qoidalariga (oson alangalanuvchi kuydiradigan,va h.k moddalar bilan ishlash qoidalariga )ko’proq e’tibor beriladi.
Asboblar rejada yozilmaydi, jurnalning chap betiga ularning sxemasi chiziladi. Kolbalarning hajmi, qanday hammomdan foydalanish kerakligi sovitgich va boshqalarning xillari ko’rsatiladi.
Reja oxirida sintez qilinayotgan moddaning ko’rsatma bo’yicha chiqadigan miqdori va konstantalari, albatta, ko’rsatilishi lozim.
Ish rejasi va sintezning hisobini albatta o’qituvchi tasdiqlashi kerak.
Hisobot
Hisobot ishni bajarish vaqtida tuzuladi, unda planda ko’rsatilganlarni takrorlamasligi lozim. Hamma punktlarni bajarishda nima kuzatilganini hisobotda ko’rsatish lozim. Eksperimentator aralashmada sodir bo’layotgan hamma o’zgarishlarni (qizish, sovush, loyqalanish, rangning o’zgarishi va boshqalarni) kuzatish kerak. Moddalarni tozalashda tozalaniladigan moddaning tashqi ko’rinishi va konstantalarining o’zgarishi qayd etiladi. Qattiq moddalarni qayta krisstallantirishda uning krisstallga tushguniga qadar va undan keyingi og’irligi, erituvchining miqdori va kristallizatsiya usul, sharoit ko’rsatiladi. Suyuq moddalarni tozalashda fraksiya usuli uning sanasi, haydash temperaturasini intervali, fraksiyalar massasi ko’rsatiladi.
Ayrim operatsiyalarning davom etish vaqtini, shuningdek reaksiya biror operatsiyada to’xtalib keyin davom etirilsa o’sha vaqtlarni ham hisobga olib ko’rsatish kerak. Agar ekstperimentatr sintezni bajarayotgan vaqtida bironta o’zgartirish kiritib ko’rsatmadan bir oz chetga chiqsa bulaning hammasini hisobotda ko’rsatishi va bu o’zgartirish natijalarning xulosasini chiqarishi kerak.
Shuningdek, hisobotda reaksiya mexanizmlarini ko’rsatib tushuntirib yozish kerak, masalan berilgan ishda reaksiya muvozanatini teskari tomonga siljitish uchun qanday usul qo’llanilgani ko’rsatiladi, etirefikasiya reaksiyalarida reaksion aralashmaga mineral kislota nima uchun oz miqdorda katalizator sifatida qo’shiladi? Nima uchun uning ortiqcha miqdori reaksiya natijasida hosil bo’layotgan mahsulotni kamaytiradi? Nima uchun reaksion aralashmani ko’rsatmada ko’rsatilgan temperaturadan yuqori temperaturada qizdirib bo’lmaydi?
Hisobot oxirida sintez qilingan moddaning miqdori va konstantalari jadvali tuziladi (2-jadval).
|
Moddaning konstantalari
|
Moddaning miqdori
|
(gr)
|
%
|
Reaksiyada olingan moddaning nomi va formulasi
|
Amalda topilgani
|
Adabiyotda berilgani
|
|
Nazariyaga berilganiga nisbatan
|
Ko`rsatmada berilganiga nisbatan
|
|
| |