|
Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya
|
bet | 69/100 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 7,78 Mb. | | #156402 |
Bog'liq portal.guldu.uz-“ORGANIK KIMYО ”Qayta kristallash. Bu usul qattiq moddani qaynoq erituvchida eritib, so`ngra sovutilgan kristallar hosil bo`lishiga asoslangan. Masalan, bir necha qattiq moddalar aralashmasini qaynoq erituvchida eritib so`ngra sovutilsa, hosil bo`lgan eritma qaysi modda uchun o`ta to`yingan eritma hisoblansa, shu modda kristallga tushadi. Har qanday organik birikma ma`lum bir erituvchida yaxshi eriydi, kristallarning shakli ham o`ziga xos bo`ladi.
Sublimatsiya. Qattiq moddaning qizdirilganda suyuqlanmay gaz holatiga o`tib yana haydash asbobining sovutilayotgan qismida kondensatlanib kristallanish protsessiga sublimatsiya deyiladi. Organik moddalarni tozalashning bu usuli kristallantirish yo`li bilan tozalanishi qiyin bo`lgan moddalarni tozalashda qo`l keladi. Bunday moddalarga benzoy kislota, naftalin, kamforalar misol bo`ladi. Ko`p hollarda uchuvchan moddalarni ulardagi uchishi qiyin bo`lgan aralashmalardan tozalash uchun qiyin va uzoq davom etadigan kristallantirish o`rniga bir marta quruq haydash kifoyadir. Bu usul bilan moddalarni tozalashning afzalligi shundaki, olingan modda juda toza bo`ladi. Agar modda sekin uchuvchan bo`lsa, quruq haydashni tezlatish uchun u vakuumda olib borilada.
Xromotografiya. Moddalarning sifat analizida va sof holda ajratib olishda qo`llaniladigan xromotografiya usullaridan biri qog`ozda taqsimlanish xromotografiyasidir. Xromotografiya usulini birinchi marta 1906 yili rus olimi M.S.Tsvet kashf etgan.
Bu usul bo`yicha moddalarning tozaligi va ularning nechta birikmadan tashkil topganligi aniqlanadi. Bu usul maxsus tayyorlangan filtr qog`ozdan ma`lum uzunlik va kenglikda qirqib olinadi. So`ngra tekshirilayorgan modda eritmasidan qog`ozning bir tomoniga ingichka kapillyar orqali bir nechta tomchi tomiziladi va qog`ozning eritma tomizilgan tomoni maxsus kameradagi sistemaga (eritunchiga) botirib qo`yiladi. Erituvchi qog`ozga shimilib, moddani start nuqtasidan suradi va chegaraga yetgandan so`ng xromotogramma-qog`oz kameradan olinib quritiladi, so`ngra maxsus rang beruvchi reaktiv bilan ishlanadi, qog`ozda surilib chiqqan moddalar-dog`lar hosil qilib bo`yaladi. Bu moddalar dog`larining qiymati moddalarning taqsimlanish koeffitsiyenti birligi bilan o`lchanadi. (2-rasm).
Moddalarning taqsimlanish koeffitsiyenti nuqtadan to dog` markazigacha bo`lgan masofaning (x) nuqtadan to front chegarasigacha bo`lgan masofa (y) ga nisbatiga teng:
Keyingi vaqtlarda yuqoridagi usullar bilan bir qatorda gaz-suyuq xromotografiya usuli ham keng qo`llanilmoqda.
Yuqorida aytib o`tilgan usullardan sof holda ajratilgan moddalarning tozaligi birinchi navbatda fizik konstantalarni o`rganish bilan aniqlanadi.
Fizik konstantalar (erish, qaynash temperaturasi, nisbiy solishtirma massasi, sindirish ko`rsatgichi va h.k.) moddalarni identifikatsiyalashda va ularning tuzilishini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
|
| |