|
Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya
|
bet | 72/100 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 7,78 Mb. | | #156402 |
Bog'liq portal.guldu.uz-“ORGANIK KIMYО ”ISH JURNALINI TUTISH
Talaba laborayoriya ishlarini bajarishda ishning asosiy usullari, reaksiya uchun ishlatiladigan organik birikmalar, sintez qilingan moddalarni ajratib olish, tozalash hamda ularning konstantalarini aniqlash usullari bilan tanishadi. Talaba ishni tushungan holda bajarishi kerak: reaksiya sharoitlarini tanlash nimaga aoslanganligini, asbob tanlashni, o’tkazilgan tajribani to’g’ri va aniq yoza bilishi kerak.
Bajarilgan ishni yozish uchun laboratoriya jurnali tutiladi. Hamma yozmalar jurnalning o’ng betida bo’lishi kerak. Jurnalning chap betiga asboblarning rasmi chiziladi. 1-jadval uchun hisoblashlar qilinadi (chernoveksiz bir yo’la asliga yozish kerak!) va mahsulotning unumi hisoblanadi.Bundan tashqari, o’qituvchi sintez to’g’risidagi tanqid va mulohazalarini ham jurnalning chap betiga yozadi.
Quyidagi ish jurnalida sintez qanday ko’rinishda yozilishini ko’rsatadigan sxema keltirilgan.
Laboratoriya ishi № . . .
Sintez _____________________________________________________________
(sintez qilinadigan moddaning nomi)
Adabiyot___________________________________________________________
(muallifning familiyasi,otasining ismi va darslikning nomi)
__________________________________________________________________
(nashriyot, nashr etilgan yili,beti)
ishning boshlanishi __________________________________________________
(sanasi)
Asosiy reaksiyalar ___________________________________________________
(oraliq reaksiyalarning tenglamalari koeffisentibilan mahsulot
__________________________________________________________________
(unumini hisoblash uchun reaksiyaning umumiy tenglamasi)
Qo’shimcha reaksiyalar _______________________________________________
(oraliq reaksiyalarning ro’yxati va ularning reaksiya _________________________________________________________________
tenglamalarini yozish )
Ishning rejasi_______________________________________________________
Ishning tamom bo’lishi________________________________________________
(sanasi)
Ish qabul qilingan ___________________________________________________
(o’qituvchining imzosi)
Quyidagi sintez hisobi uchun misol va ish planini tuzish sxemai berilgan.
3-grafaga adabiyotlarda berilgan konstantalar yoziladi. Hisoblash jadvali 6-va 7-grafalarni to’ldirishdan boshlanadi: raqamlar metodikadan olinadi. Agar moddalar miqdori milligramlarda berilgan bo’lsa, grammga (yuqorida aytib o’tilganidek, hamma hisoblar jurnalning chap betiga yoziladi) aylantiriladi.
1-jadval
Dastlabki moddalar
|
Kerak bo`ladigan moddalar miqdori
|
Ortiqchasi
|
Reaktivlarning nomi va formulalari
|
Molekulyar massa
|
Spravochnkdan olingan konstantalar
|
konsentrasiya
|
Ko`rsatma bo`yicha
|
(mol)
|
(%)
|
(mol)
|
100% (gr)
|
Berilgan konsent-rasiya
|
Tenglama bo`yicha (mol)
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
Agar metodika berilganidek boshqa miqdorda modda olinadigan bo’lsa hisoblashni proporsional miqdorda kamaytririb yoki ko’paytirib, qaytadan hisoblash kerak. Keyin 5-va 8-grafalar to’ldiriladi. Olingan yozilmalar asosida qo’llanmada ko’rsatilganidek moddalarning molyar nisbatlarini topish va stexiometrik tenglamalariga ko’ra qaysi moddalardan ortiqcha modda protsenti 10-grafaga yoziladi.
|
| |