• Qaynash temperaturasi.
  • Suyuqlanish temperaturasi




    Download 7,78 Mb.
    bet70/100
    Sana14.02.2024
    Hajmi7,78 Mb.
    #156402
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   100
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-“ORGANIK KIMYО ”

    Suyuqlanish temperaturasi. Moddaning qattiq holatdan suyuq holatga (fazaga) o`tish vaqtidagi temperaturasi suyuqlanish temperaturasi deyiladi.
    Moddalarning ingichka shisha kapillyarda suyuqlanish temperaturasini aniqlash eng qulay va ko`p qo`llaniladigan usul bo`lib, bunda juda oz miqdorda faqat bir necha milligramm modda sarf bo`ladi.
    Modda solingan kapillyar naycha rezina xalqa yordamida termometrga shunday biriktiriladiki, bunda modda termometrning simobli sharchasi bilan barobar tursin. Tele asbobida yoki mis – latundan yasalgan maxsus metall bloklarda aniqlanadi.
    Toza modda juda kichik temperatura oraligida (0,5-10C) suyuqlanadi. Ba`zi organik moddalar parchalanish bilan suyuqlanadi, bunda modda qorayib ketadi, ba`zida gaz pufakchalari hosil bo`ladi. Agar modda tarkibida ozroq aralashma bo`lsa, ya`ni modda toza bo`lmasa, uning suyuqlanish temperaturasi pasayib ketadi. Ko`p hollarda har xil moddalar bir xil yoki bir-biriga yaqin temperaturalarda suyuqlanishi mumkin. Shuning uchun, faqat moddalarning suyuqlanish temperaturasiga asoslanib tekshirilayotgan modda bilan ma`lum moddaning bir xil ekanligini isborlash mumkin emas. Isbor uchun aralashmaning suyuqlanish temperaturasi aniqlanadi. Agar bu modda bir xil bo`lmasa, ularning suyuqlanish temperaturasi toza moddaga nisbatan pasayib ketadi, ya`ni depressiya sodir bo`ladi. Agar moddalar bir xil bo`lsa, aralashmaning suyuqlanish temperaturasi dastlabki ma`lum moddaning suyuqlanish temperaturasi bilan bir xil bo`ladi, ya`ni depressiya bermaydi. Shunday qilib, ma`lum va yangi moddalarning suyuqlanish temperaturasi aniqlanadi.
    Qaynash temperaturasi. Suyuq moddaning to`yingan bug` bosimi atmosfera bosimiga tenglashgandagi temperatura qaynash temperaturasi deyiladi. Suyuqliklarning qaynash temperaturasini aniqlashda oddiy haydash asboblaridan foydalaniladi. Bunda termometrning simobli uchi kolbadan chiqarilgan naycha og`zidan kamida 0,5 sm pastroqda joylashtiriladi. Suyuq modda isitilganda uning bug`lari kolbaning yuqori qismiga ko`tarilib, termometrning simob ustuni yuqoriga ko`tariladi va temperatura moddaning qaynash temperaturasiga yetganda termometrning simob ustuni o`zgarmaydi. Termometrning ana shu ko`rsatgichi ayni suyuqlikning qaynash temperaturasi deyiladi.
    Agar haydalayotgan modda toza bo`lsa, haydash vaqtida termometrning simobli ko`rsatgichi o`zgarmaydi.

    Download 7,78 Mb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   100




    Download 7,78 Mb.