|
LABORATORIYA MASHG`LOTLARI UCHUN O’QUV
|
bet | 66/100 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 7,78 Mb. | | #156402 |
Bog'liq portal.guldu.uz-“ORGANIK KIMYО ”LABORATORIYA MASHG`LOTLARI UCHUN O’QUV
USLUBIY QO`LLANMA
Guliston -2014
Qosimov SH.I. Organik kimyo fаni laboratoriya ishlari uchun uslubiy qo`llanma
Ushbu o`quv uslubiy qo`llanma (5321000-Oziq-ovqat texnologiyasi va 5630100- “Ekologiya va аtrof мuxit muhofazasi ) bakalavriat ta`lim yo`nalishi uchun mo`ljallangan bo`lib, organik kimyo fanining boshlang`ich qismi bo`lgan organik moddalarni ajratish va tozalash usullaridan laboratoriya mashg`ulotlarini o`z ichiga oladi, shuningdek, har bir mavzysiga doir nazorat savollari kiritilgan.
Uslubiy qo`llanma talabalarga organik kimyoning nazariy asoslarini o`rganishida hamda laboratoriya va amaliy mashg`ulotlarni mustaqil ravishda bajara olish uchun zarur bo`lgan bilim va ko`nikmalarni shakllantirishda katta yordam beradi.
Taqrizchi: Xolmurodov B.Q.- Guliston davlat universiteti Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya kafedrasi biologiya fanlari nomzodi.
Guliston davlat universiteti o`quv-metodik Kengashi tomoni (“29.08” 2015 yil 1- sonli bayonnoma) dan nashrga tavsiya etilgan.
© Universitet
KIRISH
Organik moddalarning tarkibida boshqa elementlar bilan bir qatorda har doim uglerod bo`ladi. Organik kimyo fani uglerod birikmalarining tarkibi, tuzilishi, xossalari va ularda boradigan kimyoviy o`zgarishlarni o`rganadi. Organik moddalar tarkibiga uglerod bilan bir qatorda, ko`pincha, vodorod, kislorod va azot bo`ladi, ayrim hollarda bu moddalar tarkibida oltingugurt, fosfor, galogen va boshqa elementlar ham kiradi. Xozirda organic birikmalarning soni anorganik moddalarga nisbatanancha ko`p ularning soni yanada ortib boryapti. Barcha kimyiviy elementlardan faqat uglerodgina shunday ko`p sonli birikmalar hosil qila oladi. Organik moddalarni biz har qadamda uchratamiz.Ular har bir o`simlik va hayvon organizmida uchraydi, oziq-ovqatimiz (non, go`sht, sabzavot va hakazo) tarkibiga kiradi, kiyimlar tayyorlash uchun material (gazmol, teri) sifatida ishlatiladi, har xil turdagi yoqilg`ilarni hosil qiladi, biz ularni dori-darmon, bo`yoq, hosilni himoya qilish vositalari sifatida ishlatamiz. Deyarli barcha organk moddalar yonuvchan va qizdirilganda ancha oson parchalanadi. Moddaning yonishi natijasida uglerod (IV)-oksid hosil bo`lishishidan yoki qizdirilganda ko`mirga aylanib qolishidan ayni modda organic birikmalarga mansub ekanligini oson bilib olish mumkin.
Insonga organic moddalar qadim zamonlardan ma`lum. Rezavor-meva sharbatining bijg`ishidan spirt, vino achishidan sirka hosil bo`lishi ming yillardan beri ma`lum. Uzoq o`tmishda kishilar tabiiy bo`yoqlardan gazlamalarni bo`yashda foydalanganlar, qamish shakari, o`simlik moyi va hayvon yog`larini oziq-ovqat mahsulotlari sifatida ishlatganlar.
Ammo uglerod birikmalari haqidagi fan XIX asrning birinchi yarmidagina vujudga keldi. Shu davrgacha kimyoda moddalarni kelib chiqishiga qarab uch guruhga- mineral moddalar, o`simlik moddalari va hayvonlardan olinadigan moddalar guruhiga bo`lib, ularni alohida-alohida o`rganganlar.
Kimyoviy analiz usullari rivojlanishi bilan o`simlik va hayvonlarda uchraydigan moddalar tarkibida uglerod bo`lishi aniqlandi. Shved kimyogari Berselius (1807 y) organizmlardan olinadigan moddalarni organic moddalar, ularni o`rganadigan fanni esa organik kimyo deb atashni taklif qildi.
Ammo Berselius hamda o`sha davrdagi boshqa kimyogarlar anorganik moddalardan tubdan farq qiladi, ya`ni ularni anorganik moddalar singari laboratoriya usuli bilan olib bo`lmaydi, ular alohida “hayotiy kuch” ta`sirida faqat organizmlarda hosil bo`ladi, deb hisoblar edilar. “Hayotiy kuch” haqidagi, boshqacha aytganda, vitalistik bu ta`limot (lotincha “vita” so`zi “hayot” demakdir) idealistic ta`limot edi.
Anorganik moddalardan organic moddalar hosil qilb bo`lmaydi, degan vitalistik ta`limot fanning rivojlanishini ancha sekinlatib qo`ydi. Ammo ta`limot tabiatni bilish yo`lida bo`layotgan dadil rivojlanishni to`xtatib qololmadi.
Berseliusning shogirdi, nemis olimi Vyoler 1828 yilda anorganik moddalardan organic modda- mochevinani sintez qildi. 1845 yilda nemis kimyogari Kolbe sun`iy usulda sirka kislota hosil qildi. 1854 yilda fransuz kimyogari Bertlo yog`larni sintez qildi. Rus olimi A.M. Butlerov 1861 yilda birinchi bo`lib shakar modda sintez qildi.
Ilgari faqat tirik organizmlar tomonidan ishlab chiqariladigan moddalar birin-ketin sintez qilina boshlandi. “Hayotiy kuch” haqidagi ta`limot batamom mag`lubiyatga uchradi.
Hozirgi vaqtda tabiatda uchraydigan ko`pgina organic moddalar sintez qilinibgina qolmasdan, balki tabiatda uchramaydigan moddalar, masalan: plastmassalar, kauchukning har xil turlari, turli bo`yoqlar, portlovchi moddalar va dori-darmonlar ham sintez qilindi.
Hozirgi vaqtda tabiatda topilgan moddalarga qaraganda sintetik usulda olingan moddalar ko`proq, ularning soni yil sayin o`n minglab ortib bormoqda. Endilikda organik kimyoda eng murakkab organic modda-oqsilni sun`iy yo`l bilan olish ustida ish olib borilmoqda. Oqsilsimon eng oddiy moddalar hozirdayoq kimyoviy sintez yo`li bilan olingan. Ancha murakkab oqsillar ham olimlar tomonidan sintez qilinishiga hech qanday shak-shubha yo`q.
“Organik modda” termini ilgarigidan ko`ra keng ma`noga ega bo`lib qoldi. Endi faqat organizmlar tarkibiga kiradigan moddalargina emas, balki organizmlarga hech qanday aloqasi bo`lmagan sintetik moddalar ham shu nom bilan atalmoqda. Ammo tarkibida uglerod bor, nihoyatda turli-tuman moddalar guruhlari hali ham shu tarixiy nom bilan ataladi.
Organik moddalar kimyosini o`rganish bilan tabiat haqidagi bilimimiz yana ortadi. Moddalarning o`zaro aloqadorligini aniqlash eng oddiy-anorganik moddalardan organizmlarni tashkil qiluvchi eng murakkab moddalarga o`tish jarayonini kuzatib borish bilan bu fan bizga tyabiatning rivojlanish jarayonini bilib olishga, tabiatda sodir bo`ladigan jarayonlarni hamda ularning asosida yotuvchi qonuniyatlarni yanada chuqut tushunib olishga imkon beradi. Bu bilan organik kimyo bizning ilmiy-materialistik dunyoqarashimizga katta hissa qo`shadi.
Organik kimyo yutuqlaridan hozirgi zamon ishlab chiqarilishida keng foydalanilmoqda. Organik kimyo sanoati tabiiy moddalarni qayta ishlash jarayonlari va turli-tuman organik sintezlarni keng ko`lamda amalgam oshirish bilan sanoatning boshqa tarmoqlari, qishloq xo`jaligi, tibbiyot, madaniyat va turmush uchun zarur bo`lgan ko`p moddalar va materiallar yetkazib berilmoqda. Mamlakatimizda organic kimyo xalq xo`jaligini kimyolashtirishning, mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishning muhim omilidir.
Ushbu o`quv qo`llаnmа оrgаnik reaksiyalar mexanizmining zamonaviy nazariyalari asosida, organic sintezning hozirgi dasturiga muvofiq tayyorlangan bo`lib,organic birikmalarni tozalash usullariga doir laboratoriya mashg`ulotlari kiritilgan.
Uslubiy qo`llanmaning boshlanishida zaharli organik moddalar bilan ishlash qoidalari, shuningdek talaba ishni bajarishi davomida amal qilishi kerak bo`lgan xavfsizlik texnikasi qoidalari berilgan.
|
| |