|
O'z faoliyatining texnologiyasini puxta egallagan haqiqiy sinf rahbari
|
bet | 2/9 | Sana | 16.09.2024 | Hajmi | 4,14 Mb. | | #271233 |
Bog'liq 5-sinf sinf soati ish reja va konspekti 2024-2025 y-NO'z faoliyatining texnologiyasini puxta egallagan haqiqiy sinf rahbari:
har bir o'quvchida o'ziga xos, betakror shaxsni ko'ra biladigan dono tarbiyachidir;
har bir o'quvchini pedagogik tashxis asosida chuqur o'rganadi;
u bilan munosabatlarni uyg'unlashtiradi;
shaxsga yo'naltirilgan yondashuvga asoslangan holda bolalar jamoasini shakllantirishga yordam beradi.
Kasbiy mahoratga ega bo'lgan sinf rahbari yosh avlod shaxsini shakllantirishda muhim rol o'ynaydi. O'quvchi uchun u:
ustoz va bog'lovchi bo'g'in;
axloqiy charchoqdan va ma'naviy halokatdan himoyachi;
birgalikda turli tadbirlar orqali sinfda hamkorlidagi munosabatlarni quruvchi;
har bir bola rivojlanishi va o'zini namoyon qilishi mumkin bo'lgan muayyan sharoitlarni yaratuvchi;
psixolog bilan birgalikda o'quvchining ijtimoiylashuv jarayonidagi yordamchi;
kundalik hayot va faoliyatni tashkil qilishda ustoz, maslahatchi va do’st
hayotning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatlarini qabul qilish va tushunishda yordamchi
rahbarlar, oila va atrofdagi jamiyatning birgalikdagi sa'y- harakatlarini muvofiqlashtiruvchi shaxs
bolalar va o'smirlar guruhlarida qulay mikroiqlim asoschisi
Sinf rahbarligiga tanlovning asosiy mezonlari
kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo’lgan
maktabda asosiy xodim sifatida faoliyat olib borayotgan;
boshqaruvchilik qobiliyatiga ega bo'lgan;
o'quvchilar bilan ishlash jarayonida mas'uliyat bilan yondasha oladigan;
umumta'lim muassasalarida soatbay (shu jumladan o'rindoshlik] asosda faoliyat olib boruvchi o'qituvchilarga sinfga rahbarlik qilishga yo'l qo'yilmaydi;
boshlang'ich sinflarda sinf rahbarligi boshlang'ich sinfga biriktirilgan o'qituvchilarga yuklatiladi
|
| |