|
Sinf soati mashg‘ulotning jihozi
|
bet | 7/52 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 8 Mb. | | #104610 |
Bog'liq 8-sinf sinf soati ish reja va konspekti (2)Sinf soati mashg‘ulotning jihozi: Kun tartibiga oid foto va plakatlar hamda slayd va SD, DVD disklar.
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
II. Asosiy qism:
Bugungi globallashuv jarayonida har bir davlatning dunyo hamjamiyatidagi darajasi va mavqeyi u yetishtirayotning yoshlarning ma’naviyati, bilimi va tarbiyasi bilan belgilanmoqda. Har qaysi davrda ham yoshlarga e’tibor xalqning bosh mavzusi bo‘lib kelgan. Hozirgi kunda butun dunyo aholi sonining 18 % ini yoshlar tashkil qiladi. Taraqqiyotning har qanday sohasida rivojlanayotgan davlatlar, avvalo, yosh avlodning bilimiga va yaratuvchanligiga suyanadi. Demak, har bir millatda yoshlar va ularning masalalari e’tibor markazida turadi, ularning tarbiyasiga jamiyki xalq mas’uldir. Yoshlarga shart-sharoit yaratib berish davlatning hal qilishi kerak bo‘lgan oliy masalasi va foyda olishi muqarrar bo‘lgan investitsion manbayidir. Tabiiyki, o‘sib kelayotgan avlodning intellekti va shaxsi rivojlanishi uchun ma’naviy-ma’rifiy va madaniy merosning ahamiyati yuksakdir. Azaldan bizning ota-bobolarimiz farzand tarbiyasi va uning kelajakda yaxshi inson bo‘lib kamol topmog’i uchun qayg’urgan. Bizga yetib kelgan adabiy va ilmiy asarlar, doston va rivoyatlarning hammasida yoshlar markaziy obraz sifatida tasvirlangan. Bundan ko‘rinib turibdiki, yoshlarga e’tibor, ularning ma’naviy rivojlanishi va yetuk shaxs bo‘lishidagi sa’y-harakatlar avvaldan boshlangan tizimli an’anadir. O‘lmas an’ananing poydevori – yoshlarning ma’naviyati. O‘zi aslida ma’naviyat nechog‘lik ahamiyat kasb etadiki, ma’naviyatli insonlar doim maqsadiga erishadi? Ma’naviyat – insonning komil shaxs bo‘lib yetishishidagi bebaho fazilat, ma’naviyati yuksak inson hayotning katta-kichik muammolariga va taqdirning toblanishlariga yengilib qolmaydi, aksincha, ulardan kuch olib, o‘z maqsadi tomon olg‘a boradi.
|
| |