|
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab
|
bet | 4/52 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 8 Mb. | | #104610 |
Bog'liq 8-sinf sinf soati ish reja va konspekti (2)O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab
ta’limi vazirining 2023-yil 27-iyundagi 190-son
buyrug‘iga 4-ilova
“TASDIQLAYMAN”:
Maktab MMIBDO‘: _________ ___________________________
“Sinf soati” mashg‘ulotlarining 2023-2024-o‘quv yili uchun o‘quv-mavzu rejasi
8–SINF
№
|
O‘tiladigan mavzular
|
Soat
|
Rejada
|
Amalda
|
1.
|
Mustaqil O‘zbekiston farzandlarimiz !
|
1
|
|
|
2.
|
Yo‘l belgilari (servis va qo‘shimcha axborot belgilari) joylashuvi (Yo‘l harakati qoidalari).
|
1
|
|
|
3.
|
Vatan taraqqiyotiga mening hissam
|
1
|
|
|
4.
|
Ustoz otangdek ulug‘(1-okyabr-O‘qituvchilar va murabbiylar kuni)
|
1
|
|
|
5.
|
Transport vositalarining yo‘lning qatnov qismida joylashuvi. (Yo‘l harakati qoidalari)
(1 oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan).
|
1
|
|
|
6.
|
To‘xtash va to‘xtab turish qoidalari. (Yo‘l harakati qoidalari)
|
1
|
|
|
7.
|
Hayotiy qadriyatlar va kasb tanlash.
|
1
|
|
|
8.
|
So‘zlashish va nutq madaniyati ko‘p tilsimning kaliti
|
1
|
|
|
9.
|
Chorrahada harakatlanish qoidalari. (Yo‘l harakati qoidalari)
|
1
|
|
|
10
|
Iste’dodli bolalar - Vatan ishonchi
|
1
|
|
|
11.
|
Davlatimiz bayrog‘i – faxr va iftixorimiz!
|
1
|
|
|
12.
|
Transportda yurish odobi. Yo‘nalishi belgilangan transport vositalarining bekatlari va piyodalarning o‘tish joylari. (Yo‘l harakati qoidalari)
|
1
|
|
|
13.
|
Konstitutsiya – baxtimiz qomusi
|
1
|
|
|
14.
|
Tenglik va hurlik ramzi
|
1
|
|
|
15.
|
Temperament tuzilmasini aniqlash.
|
1
|
|
|
16.
|
Maktab o‘quvchilari jinoyatchilikka yo‘l qo‘ymaydi
|
1
|
|
|
17.
|
Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan).
|
1
|
|
|
18.
|
Kitob ma’rifat chirog‘i.
|
1
|
|
|
19.
|
Qon ketishda birinchi yordam ko‘rsatish. (1 soat amaliy mashg‘ulot)
|
1
|
|
|
20.
|
Buyuk siymolarni yod etib ( Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan).
|
1
|
|
|
21.
|
“Kasbni nomini ayt” o‘yinli mashg‘ulot.
|
1
|
|
|
22.
|
Yumshoq ko‘nikmalar haqida bilasizmi ?
|
1
|
|
|
23.
|
Sizga talpinaman, onajon! (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan).
|
1
|
|
|
24.
|
O‘zbekistoning noyob tabiati
(kimyo, fizika, biologiya fanlari oyligi doirasida).
|
1
|
|
|
25.
|
Navro‘zi olam muborak!
|
1
|
|
|
26.
|
Ona zamin (22-aprel – Xalqaro yerni muhofaza qilish kuni)
|
1
|
|
|
27.
|
Amir Temur va temuriylar davri madaniyati (Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan).
|
1
|
|
|
28.
|
Velosiped va aravalar harakatlanishiga doir talablar. (Yo‘l harakati qoidalari)
|
1
|
|
|
29.
|
Vatanni sevmoq iymondandir (Xotira va qadrlash kuni oldidan).
|
1
|
|
|
30.
|
Ijodiy fikrlash va salbiy his-tuyg‘ularni boshqarish bilim-ko‘nikmalari
|
1
|
|
|
31.
|
Til – dil kaliti
|
1
|
|
|
32.
|
Kitob-eng yaxshi do‘st
|
1
|
|
|
33.
|
Sinf o‘quvchilari ikki guruhga ajratilib, “Yo‘l qoidasi-umr foydasi” nomli musobaqa o‘tkazishni tashkillashtirish. (1soat amaliy mashg‘ulot)
|
1
|
|
|
34
|
Yozgi ta’tildagi rejalarim
|
1
|
|
|
Sana: “__” ____________ 20__-yil. Sinfi: _____ Sinf rahbari: _____________________
1-mavzu: Mustaqil O‘zbekiston farzandlarimiz !
I. Kirish:
Sinf soati mashg‘ulotning maqsadi: Mustaqillik kunini nima uchun eng ulug‘, eng aziz ayyom sifatida bayram qilinishi,hayotimizdagi bugungi imkoniyatlar qanday paydo bo‘lganligi, sobiq mustabid tuzum davrida xalqimiz qanday qiyinchiliklarni boshidan kechirganligi, Yurtimizda yoshlarning bilim olishi uchun qanday qulay imkoniyatlar yaratilganligi, dunyoda qanday gunoh kechirilmasligi haqidagi tushunchalar shakllantiriladi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
II. Asosiy qism:
O‘qituvchi:
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish, erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, tub islohot jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarish, inson huquq va manfaatlari, uning qadri, sha’ni va g‘ururini yetakchi o‘ringa olib chiqish ustuvor vazifamizga aylangan hozirgi vaqtda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, davlatimizning hududiy yaxlitligi va bo‘linmasligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va hamjihatlikni mustahkamlashga intilish ko‘p millatli xalqimizni yanada birlashtiradigan, yuksak marralarga safarbar etadigan beqiyos kuchga aylanib bormoqda.
BESH TASHABBUS-BESH IMKONIYAT
Do‘stim bekor o‘tmasin kuning,
Ilm bilan bo‘lgin yuzma-yuz.
Qara axir bizga sharoit,
Yaratmatmoqda beshta tashabbus.
Topshiriq: O‘quvchilar tomonidan Vatanimiz, O‘zbekistonimizni madh etuvchi she’rlar, mamlakatimizdagi rivojlanishlar haqida.
Izoh: O‘qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o‘quvchilarning o‘zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo‘lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
|
| |