• Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
  • Mashg‘ulot turi
  • Mashg‘ulot metodi
  • Mashg‘ulotning borishi: Tashkiliy qism
  • I. Kirish: Sinf soati mashg‘ulotning maqsadi




    Download 8 Mb.
    bet14/52
    Sana24.11.2023
    Hajmi8 Mb.
    #104610
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   52
    Bog'liq
    8-sinf sinf soati ish reja va konspekti (2)

    I. Kirish:
    Sinf soati mashg‘ulotning maqsadi: O‘quvchilarga Ona tili — bu millatning ruhi, til – dil kaliti ekanligi haqidagi hikmatlarni uqtirib, Davlat tiliga bo‘lgan hurmatni yanada rivojlantirish bilan bir qatorda o‘quvchilar qalbi va ongiga boshqa millat va elatlar tillariga ham hurmat bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘ularini singdirish.
    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
    Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
    Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
    Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
    Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
    Mashg‘ulotning borishi:
    Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
    Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
    II. Asosiy qism:
    O‘qituvchi:
    O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, o‘zbek tili davlat tili maqomini olishi bilan millatlararo va davlatlararo muloqot vositasiga aylandi.
    Ko‘pmillatlilik sabablari tahlil qilinganda odatda ikki holat kuzatiladi. Avvalo, bir mamlakat hududida qo‘shni davlat vakillarining istiqomat qilishi oqibatida qaror topgan ko‘pmillatlilik, ya’ni O‘zbekiston Respublikasida qo‘shni (o‘z mustaqil davlatlariga ega bo‘lgan) qirg‘iz, qozoq, tojik, turkman xalqlari vakillari azaldan yashab kelmoqda. Bunday turdagi ko‘pmillatlilik Osiyo, Yevropa, Amerika, Afrikaning aksariyat mamlakatlarida ko‘p tarqalgan bo‘lib, uni “tabiiy-tarixiy ko‘pmillatlilik” deb atash mumkin. U asrlar davomida yonma-yon hayot kechirib kelgan xalqlarning bir-birlari bilan aralash yashaganligining natijasidir.



    Download 8 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   52




    Download 8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I. Kirish: Sinf soati mashg‘ulotning maqsadi

    Download 8 Mb.