|
Maktab MMIBDO‘_________ ___________________________ sana______ ________________ 20___yil
|
bet | 11/52 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 8 Mb. | | #104610 |
Bog'liq 8-sinf sinf soati ish reja va konspekti (2)Maktab MMIBDO‘_________ ___________________________ sana______ ________________ 20___yil
Sana: “__” ____________ 20__-yil. Sinfi: _____ Sinf rahbari: _____________________
6-mavzu: To‘xtash va to‘xtab turish qoidalari. (Yo‘l harakati qoidalari)
I. Kirish:
Sinf soati mashg‘ulotning maqsadi: o‘quvchilarga yo‘l belgilari haqida tushunchalar berish, ko‘chada yurish qoidalarini orgatish;
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish.
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
II. Asosiy qism:
Transport vositalariga yo‘lning o‘ng tomonidagi yoqasida, u bo‘lmaganda esa qatnov qismining chetida to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat beriladi.
Aholi yashaydigan joylarda yo‘llarning chap tomonida to‘xtash va to‘xtab turishga har yo‘nalishda kamida bittadan harakatlanish bo‘lagi bo‘lgan va o‘rtada tramvay izi bo‘lmagan hamda harakat faqat bir tomonlama bo‘lgan yo‘llarda ruxsat etiladi.
Ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ko‘p bo‘lgan yuk avtomobillari harakat bir tomonlama bo‘lgan yo‘llarning chap tomonida faqat yuk ortish va tushirish uchun to‘xtashlari mumkin.
Transport vositalarini qatnov qismining cheti bo‘ylab bir qator qilib, kajavasi bo‘lmagan ikki g‘ildirakli transport vositalarini esa ikki qator qilib qo‘yishga ruxsat etiladi.
Yo‘lning qatnov qismi kengaygan ayrim joylarida boshqa yo‘l harakati qatnashchilariga halaqit bermaslik sharti bilan transport vositalarini boshqacha tartibda ham qo‘yishga ruxsat etiladi.
Piyodalar harakatiga halaqit bermaslik sharti bilan qatnov qismiga chegaradosh trotuar chetida faqat engil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar va velosipedlarga to‘xtab turishga ruxsat etiladi. Aholi yashaydigan joylardan tashqarida tunab qolish, dam olish yoki boshqa maqsadlarda to‘xtab turish faqat buning uchun ko‘zda tutilgan maydonchalarda yoki yo‘ldan tashkarida ruxsat etiladi.
Quyidagi joylarda to‘xtash taqiqlanadi:
tramvay yo‘llarida, shuningdek, bevosita ularga yaqinroqda tramvaylar harakatlanishiga halaqit beradigan bo‘lsa;
tonnellarda, temir yo‘l kesishmalarida;
bir yo‘nalishda harakatlanish uchun uchtadan kam bo‘lagi bo‘lgan ko‘priklar, osma yo‘l (estakada)lar, osma ko‘priklar va ularning ostida;
|
| |